✅ O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tizimida yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, yosh xodimlarning tashabbus va g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ularning boshqaruv jarayonlaridagi faol ishtirokini ta’minlash maqsadida rahbarning yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi — yoshlar yetakchisi lavozimiga nomzodlar saralash tanlovi tashkil etildi.
✅ Tanlovda Standartlar instituti, O‘zbekiston milliy metrologiya instituti hamda Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasidan tavsiya etilgan nomzodlar ishtirok etdi. Nomzodlar tanlov komissiyasi tomonidan suhbat asosida baholandi.
Suhbat jarayonida ishtirokchilarning yetakchilik salohiyati, tashabbuskorligi, tashkilotchilik qobiliyati, yoshlar bilan ishlash tajribasi va kelgusida amalga oshirishni rejalashtirgan taklif hamda tashabbuslariga alohida e’tibor qaratildi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, o‘zining bilim va salohiyati, faolligi hamda tashabbuskorligi bilan ajralib turgan nomzodlar yoshlar yetakchisi lavozimiga tavsiya etildi.
✅ Mazkur tashabbusdan ko‘zlangan asosiy maqsad — tizimda faoliyat yuritayotgan yosh xodimlarning intellektual va kasbiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularning g‘oya va loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, yoshlar manfaatlarini ifodalash hamda Agentlik tizimida yoshlar siyosati samaradorligini yanada oshirishdan iborat.
Saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan yosh xodimlarga kelgusi faoliyatida muvaffaqiyat va ulkan zafarlar tilaymiz!