Tadbirda Markaziy Osiyo davlatlarining «Kazstandard» (Qozoğiston),»Kyrgyzstandard» (Qirğiziston), Kyrgyz Center of Accreditation (Qirğiziston) NCATJ – National Ceter of Accreditation (Tojikiston) «Tajikstandard» (Tojikiston) Tojikiston laboratoriya xizmatlari mutaxassislari va tashkilotlari assosiatsiyasi «TAJLAB» (Tojikiston), «Turkmenstandartlary» (Turkmaniston), UZSTI (Özbekiston), UzNIM (Özbekiston) Uzbek Laboratories Association (Özbekiston), UzAKK (Özbekiston), UZTR (Özbekiston) taşkilotlari vakillari iştirok etmoqdalar.
Mazkur seminar Markaziy Osiyo mamlakatlari örtasida sifat infratuzilmasi sohasidagi mintaqaviy hamkorlikni yanada rivojlantiriş, texnik tösiqlarni kamaytiriş, xalqaro standartlar va ilğor tajribalarni joriy etiş hamda özaro savdo aloqalarini kengaytirişga qaratilgan.
Tadbirning oçiliş marosimida Özbekistonning sifat infratuzilmasini rivojlantiriş, mintaqaviy integratsiyani çuqurlaştiriş va texnik sohalarda özaro tajriba almaşiş borasidagi ustuvor vazifalari ta’kidlandi.
Şuningdek, avvalgi mintaqaviy loyiha doirasida erişilgan natijalar sarhisob qilindi.
✍️Xususan:🔹Özbekiston Respublikasining «Metrologiya töğrisida»gi Qonunining yangi tahririni işlab çiqiş va takomillaştirişda PTB ekspertlari tomonidan texnik kömak körsatildi;
🔸ÖzNIMning 10 ta kalibrlash laboratoriyasi akkreditatsiyadan ötkazildi;
🔺ISO/IEC 17025 xalqaro standarti talablari asosida sifat menejmenti tizimlarining muvofiqligi tasdiqlandi;
🔹ÖzNIMning 30 nafardan ortiq mutaxassisi xorijiy yetakçi institutlarda malaka oşiriş va stajirovka ötaş imkoniyatiga ega böldi;
Tojikiston, Qirğiziston va Turkmanistonning tegişli taşkilotlari bilan metrologiya sohasida amaliy hamkorlik va tajriba almaşiş işlari yölga qöyildi. Uşbu natijalar sifat infratuzilmasi sohasida mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlaş va xalqaro savdoda özaro işonçni ta’minlaşda muhim ahamiyat kasb etdi.
Yangi bosqiçda umumiy qiymati 2 million yevroni taşkil etuvçi va 2029 yil sentyabr oyiga qadar amalga oşirilişi rejalaştirilgan loyiha uçta asosiy yönalişni qamrab oladi:
▶️Bilim va tajriba almaşinuvini kengaytiriş — metrologiya, akkreditatsiya va standartlaştiriş yönalişlarida doimiy mintaqaviy işçi guruhlarni taşkil etiş, hamkorlik mexanizmlarini rivojlantiriş va umumiy uslubiy qöllanmalarni işlab çiqish.
▶️Texnik salohiyatni mustahkamlaş — ayniqsa, oziq-ovqat sanoatida sifat infratuzilmasi imkoniyatlarini kengaytiriş, mahsulotlar xavfsizligi va xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlaş.
▶️Eksport salohiyatini oşiriş va raqamlaştiriş — oziq-ovqat sohasida kamida 3 ta pilot loyihani amalga oşiriş hamda mintaqaviy raqamli yeçim uçun funksional spesifikatsiyani işlab çiqish.
Mazkur loyiha Markaziy Osiyo mamlakatlari örtasida sifat infratuzilmasi sohasidagi hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqiş, eksport imkoniyatlarini kengaytiriş va xalqaro savdodagi texnik tösiqlarni bartaraf etişga xizmat qiladi.