Özbekiston milliy metrologiya instituti (ÖzMMI)ning Radiotexnik kattaliklar, ionlovchi nurlanishlarni ölçaş va putur yetkazmasdan tekşiriş bölimi Vaqt va çastota laboratoriyasining (TF jamoasi) navbatdagi 2 ta kalibrlaş va ölçaş imkoniyatlari (СМС-qatorlar) Xalqaro ölçov va tarozilar byurosining (BIPM) Asosiy soliştirişlar ma’lumotlar bazasida (KCDB) çop etildi.
Mazkur CMC-qatorlar BIPM Vaqt va çastota Maslahat qömitasi (CCTF) tomonidan doimiy ravişda olib boriladigan CCTF-K001.UTC asosiy soliştiriş natijalariga boğliq bölib, çastota ölçaş va kalibrlaş imkoniyatlarini ifodalaydi.
Erişilgan natija Özbekistonning Barqaror rivojlaniş uçun sifat infratuzilmasi indeksi (QI4SD) va Global sifat infratuzilmasi indeksi (GQII) dagi örinlarini mustahkamlaşga va mamlakatimiz metrologiya salohiyatini kengaytirişga xizmat qiladi.
Bugungi kunga kelib, ÖzMMI tomonidan KCDB bazasida e’lon qilingan CMC-qatorlar soni 29 taga, şundan 16 tasi Vaqt va çastota laboratoriyasi hissasiga töğri kelmoqda.