Metrologiya sohasida xalqaro hamkorlik: O‘zbekiston va «ElMetro-Injiniring» o‘rtasida kelishuv imzolandi

Metrologiya sohasida xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda zamonaviy o‘lchash infratuzilmasini shakllantirish yo‘lida muhim qadam tashlandi. Rossiya Federatsiyasining innovatsion yechimlar ishlab chiqaruvchisi — ElMetro-Injiniring MChJ hamda O‘zbekiston milliy metrologiya instituti davlat muassasasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi. Mazkur kelishuv ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqish, ilmiy-texnik salohiyatni birlashtirish va ilg‘or tajribalar almashinuvini ta’minlashga qaratilgan. […]

Kecha “INNOPROM. Markaziy Osiyo – 2026” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi turli mamlakatlardan tashrif buyurgan rasmiy delegatsiyalar, investorlar va yetakchi sanoat kompaniyalari uchun o‘z eshiklarini ochdi.

Ko‘rgazmaning birinchi kuni sermazmun va samarali o‘tdi: ishbilarmonlik uchrashuvlari tashkil etildi, muhim muhokamalar bo‘lib o‘tdi hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va yangi qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan qator bitimlar va hujjatlar imzolandi. O‘zbekiston milliy metrologiya instituti bu yil o‘zining ilmiy-texnologogik va konstruktorlik ishlanmalari hamda yangi loyihalari bilan ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda “Rossiya sifat tizimi” avtonom notijorat tashkiloti o‘rtasida sifat sohasida hamkorlik va axborot almashinuvi to‘g‘risidagi Bitim imzolandi.

Mazkur hujjat mahsulot va xizmatlar sifatini oshirish, standartlarni takomillashtirish, shuningdek, tajriba va ilg‘or amaliyotlar almashinuvini rivojlantirishga qaratilgan. O‘zbekiston tomonidan Bitimni Agentlik direktori — Jumanazarov Akmal Ruzikulovich imzoladi. Rossiya tomonidan esa “Rossiya sifat tizimi” ANO rahbari o‘rinbosari — Chumak Aleksandr Sergeyevich ishtirok etdi. Ushbu hamkorlik sheriklik aloqalarini mustahkamlash, mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish hamda sifat sohasida zamonaviy yondashuvlarni […]

Metrologiya sohasidagi xalqaro hamkorlik yanada rivojlanmoqda

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi O‘zbekiston milliy metrologiya instituti tomonidan metrologiya sohasini yanada rivojlantirish, zamonaviy o‘lchash infratuzilmasini takomillashtirish va xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida “Innoprom-2026” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida O‘zbekiston milliy metrologiya institutiga Chelyabinsk viloyati Sanoat, yangi texnologiyalar va tabiiy resurslar vaziri Knaub Mixail Yevgenevich boshchiligidagi delegatsiya a’zolari tashrif buyurdi. Uchrashuv davomida tomonlar […]

“INNOPROM-2026: Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi mintaqadagi sanoat hamkorligini yanada mustahkamlashga xizmat qildi

2026-yil 20-22 aprel kunlari Toshkent shahrida oltinchi bor “INNOPROM-2026: Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi o‘tkazildi. Mazkur nufuzli tadbir so‘nggi yillarda Markaziy Osiyo mintaqasining eng yirik sanoat platformalaridan biriga aylanib, ishlab chiqarish, innovatsiyalar va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ko‘rgazmada O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi tizimidagi tashkilot – O‘zbekiston milliy metrologiya instituti ham […]