Italiya elchisi bilan uchrashuv: hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Italiya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Gvido De Sanktis bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida standartlashtirish, metrologiya, bozor nazorati va sinov sohalarida hamkorlikni kengaytirish, malakali kadrlar tayyorlash, grantlar va texnik ko‘makni jalb etish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Italiya Respublikasi Hukumati o‘rtasida muvofiqlikni baholash sohasida hamkorlik […]

Rossiya Federatsiyasining “Petroline-A” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Milliy Metrologiya institutida Rossiya Federatsiyasining “Petroline-A” kompaniyasi vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida kompaniya tomonidan ishlab chiqarilayotgan hamda O‘zbekiston Respublikasida qo‘llanilayotgan o‘lchash vositalarining metrologik ta’minoti, xususan, ularning kuzatiluvchanligini ta’minlash masalalari yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, mehmonlarga institutning zamonaviy metrologik infratuzilmasi tanishtirildi. Tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, xususan, metrologik kuzatiluvchanlikni ta’minlash yo‘nalishida hamkorlik aloqalarini yo‘lga […]

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti Xorazm filialida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha targʻibot seminari oʻtkazildi.

Tadbirda OʻzMMI Кomplaens nazorat boʻlimi mutaxassislari hamda viloyat Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va IIB masʼullari ishtirok etdi. Seminar davomida xodimlarga sohaga oid meʼyoriy-huquqiy hujjatlar, xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-270-sonli Farmoni mazmun-mohiyati tushuntirildi. Uchrashuvda korrupsiyaning salbiy oqibatlari, manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish, tizimda halollik va shaffoflikni taʼminlash masalalariga alohida toʻxtalib oʻtildi. Ishtirokchilarga korrupsiya holatlariga nisbatan murosasiz […]