2026-yil 25-fevral kuni videokonferens aloqa orqali “O‘lchashlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlash to‘g‘risida”gi model qonun loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha Ishchi guruhning navbatdagi ishchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi, Ozarbayjon Respublikasi, Armaniston Respublikasi, Belarus Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi hamda Rossiya Federatsiyasining milliy metrologiya organlari vakillari, shuningdek Standartlar byurosi mas’ullari ishtirok etdilar. O‘zbekiston Respublikasi tomonidan yig‘ilishda O‘zbekiston Milliy metrologiya institutining mas’ul xodimlari qatnashdilar. Yig‘ilish davomida ishtirokchi mamlakatlarning milliy organlari tomonidan kiritilgan taklif va mulohazalar, jumladan O‘zbekiston Milliy metrologiya instituti tomonidan […]

Havodagi radon birligi bo‘yicha milliy etalonni yaratish va radon o‘lchash vositalarini kalibrlash tizimini joriy etish maqsadida O‘zbekiston milliy metrologiya instituti mutaxassislari Germaniyaning Frankfurt shahridagi Bertin technologies (Bertin GmbH) korxonasida malaka oshirdilar.

Mazkur tashrif davomida radonni aniq o‘lchash va radon o‘lchash vositalarini kalibrlashni xalqaro talablarga muvofiq tashkil etish bo‘yicha zarur amaliy ko‘nikmalar shakllantirildi. Natijada respublikada radon monitoringi va kalibrlash tizimlarini takomillashtirish, o‘lchashlar ishonchliligini ta’minlash hamda xalqaro solishtirishlarda ishtirok etish uchun mustahkam metrologik asos yaratiladi.

O‘zbekiston Milliy metrologiya institutida trenerlar uchun trening mashg‘ulotlariga start berildi.

Hozirgi vaqtda trenerlar uchun interaktiv formatda o‘quv mashg‘ulotlari va konferensiyalarni samarali tashkil etish bo‘yicha amaliy trening o‘tkazilmoqda. Trening doirasida menejment tizimlarini integratsiya qilishning bazaviy yondashuvlari ko‘rib chiqilmoqda. Jumladan: ISO/IEC 17025:2017 – sinov va kalibrlash laboratoriyalari kompetentligiga umumiy talablar ISO/IEC 17034:2015 – “Standart namunalarni ishlab chiqaruvchilarning kompetentligiga qo‘yiladigan umumiy talablar” ISO/IEC 17043:2023 – Muvofiqlikni baholash. Malakani […]