O‘zbekiston milliy metrologiya instituti xodimlari Elektr ва magnit kattaliklari yo‘nalishida Tailandda malaka oshirmoqdalar

O‘zbekistonda texnik jihatdan tartibga solish va sifat infratuzilmasini takomillashtirish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda Germaniyaning Federal fizika-texnika instituti (PTB) o‘rtasida amalga oshirilayotgan “O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun milliy sifat infratuzilmasini isloh qilish va xizmatlarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasida navbatdagi o‘quv treninglari tashkil etildi. Mazkur loyiha milliy iqtisodiyot tarmoqlarida o‘lchashlar […]

STQ 25 “Metrologiya” texnik qo‘mitasi: xalqaro uyg‘unlashtirish va yangi standartlar sari muhim qadam

O‘zbekiston milliy metrologiya instituti huzuridagi STQ 25 “Metrologiya” standartlashtirish texnik qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda 2025 yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, 2026 yil uchun ustuvor vazifalar belgilab olindi. Qo‘mita tarkibi 17 nafar a’zodan iborat bo‘lib, ular Texnik jihatdan tartibga solish agentligi, O‘zbekiston milliy metrologiya instituti, Standartlar instituti hamda sohaviy laboratoriyalar vakillaridan tashkil topgan. […]

Ramazon barakasi aniq vaqt bilan

Bugun aniq vaqtni bilish juda oson. Mamlakatimizda Vaqt, chastota va O‘zbekiston milliy vaqt shkalasi UTC(UZ) birligi milliy etaloni asosida ishlaydigan aniq vaqt tizimi mavjud bo‘lib, etalon O‘zbekiston milliy vaqt shkalasi — UTC (UZ)ni hosil qiladi, saqlaydi va uzatadi. Shuningdek, etalon Xalqaro o‘lchov va tarozilar byurosi (BIPM) tomonidan shakllantiriladigan Muvofiqlashtirilgan universal vaqt (UTC) bilan doimiy solishtirishlarda […]