Bugun aniq vaqtni bilish juda oson. Mamlakatimizda Vaqt, chastota va O‘zbekiston milliy vaqt shkalasi UTC(UZ) birligi milliy etaloni asosida ishlaydigan aniq vaqt tizimi mavjud bo‘lib, etalon O‘zbekiston milliy vaqt shkalasi — UTC (UZ)ni hosil qiladi, saqlaydi va uzatadi. Shuningdek, etalon Xalqaro o‘lchov va tarozilar byurosi (BIPM) tomonidan shakllantiriladigan Muvofiqlashtirilgan universal vaqt (UTC) bilan doimiy solishtirishlarda ishtirok etadi. Bu esa o‘z navbatida yurtimizdagi vaqt xalqaro aniq vaqt tizimiga tayanishini anglatadi.

Ayniqsa, muborak Ramazon oyida aniq vaqtning ahamiyati yanada ortadi. Saharlik va iftorlikni bir daqiqa ham adashmasdan belgilash har bir ro‘zador uchun juda muhim. Endi esa buning uchun ishonchli va rasmiy manba bor.
Raqamli transformatsiya davrida aniq vaqt nafaqat kundalik hayotimizda, balki mudofaa, navigatsiya, bank tizimi, aloqa, transport, energetika kabi ko‘plab sohalarda ham katta ahamiyat kasb etadi. Barcha jarayonlar bir vaqtda va uzviy ishlashi uchun aniq vaqt asos bo‘ladi.
Yurtimiz bo‘ylab istalgan fuqaro www.aniqvaqt.nim.uz sayti orqali O‘zbekiston Respublikasining rasmiy aniq vaqti — UTC (UZ) ma’lumotlarini kuzatib borishi mumkin.
Ramazon oyini munosib kutib olish va yuqori saviyada o‘tkazish uchun esa saharlik va iftorlik vaqtlarini ishonchli manba orqali bilish imkoniyati yaratilgan. Endi aniq vaqt — har bir xonadonda.