«Rahbar kubogi – 2025» musobaqasi boshlandi!

  Bugun, 2025-yil 25-iyun sanasidan boshlab, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi markaziy apparati va tizim tashkilotlari xodimlari o‘rtasida jamoaviy sportning voleybol turi bo‘yicha «Rahbar kubogi» musobaqasiga rasmiy start berildi. Mazkur sport musobaqasi 25–27-iyun kunlari davom etadi va soha xodimlarining jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda jamoaviylik va do‘stlik ruhini mustahkamlashga xizmat […]

O‘zbekiston – xalqaro metrologik hamkorlik sari qat’iy qadam

  O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Xalqaro metrik Konvensiyaga O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi haqida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilib, deputatlar tomonidan ma’qullandi va Senatga yuborildi. (https://t.me/qonunchilikpalatasi/29087) Parijda 1875-yil imzolangan ushbu Konvensiya bugungi kunga kelib 64 davlat tomonidan imzolangan bo‘lib, 37 mamlakat, jumladan O‘zbekiston ham uyushgan a’zo sifatida ishtirok etmoqda. Konvensiyaga to‘liq qo‘shilish […]

Suyuqliklardagi anionlarini aniqlash (pX) texnologiyasi

  O’zbekiston milliy metrologiya instituti (https://nim.uz/) kimyoni o’lchash laboratoriyasida Slovakiya metrologiya instituti (SMU) (https://www.smu.sk/en/) bilan hamkorlikda yangi va innovatsion texnologiya — suyuqliklardagi anionlar konsentratsiyasini aniqlashda pX birligi etaloni (ion xromatografi) ishga tushirilmoqda. Bu loyiha, ishlab chiqilayotgan texnologiyaning yuqori aniqligi va ishonchliligi bilan ajralib turadi. Ushbu uskuna va dasturiy ta’minot yordamida kimyoviy tahlil jarayonlari ancha soddalashtiriladi […]

Xalqaro e’tirof!

  Endilikda kalibrlash va o‘lchov bo‘yicha berilayotgan guvohnomalarda CIPM MRA (https://www.bipm.org/en/cipm-mra/) logotipi qo‘llaniladi. Bu logotip — o‘lchash natijalarining xalqaro darajada o‘zaro tan olinishini bildiradi. CIPM MRA logotipi bu: Sertifikatlarning ishonchliligi va e’tirofini kafolatlaydi Faqat BIPM (https://www.bipm.org/en/-/2025-04-25-bipm-director-video-message-for-150th-anniversary-of-the-metre-convention-1) tomonidan ruxsat etilgan institutlargagina tegishli Ushbu huquq CIPM MRA doirasidagi anglashuv asosida, KCDB (https://www.bipm.org/kcdb/) bazasida e’lon qilingan CMC qatorlarga […]

O‘zMMI mutaxassisi nufuzli xalqaro dastur g‘olibi bo‘ldi

  O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (https://nim.uz/) Xorazm filiali mutaxassisi xalqaro hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan “BIPM – TÜBİTAK UME Project Placements” dasturining 8-sikli hamda BIPM Capacity Building and Knowledge Transfer Programme (CBKT) dasturi g‘olibi deb topildi. Mazkur dastur Turkiyaning TÜBİTAK UME (https://www.ume.tubitak.gov.tr/) instituti va Xalqaro o‘lchov va tarozilar byurosi (BIPM) (https://www.bipm.org/en/) tomonidan hamkorlikda tashkil etiladi. Dastur […]

HAMKORLIKKA QO’YILGAN YANGI QADAM

  O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (https://nim.uz/) va 🇷🇺 “MMFI” Milliy tadqiqot yadro universitetining Toshkentdagi filiali (https://tashkent.mephi.uz/) o‘rtasida Anglashuv va hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum imzolandi. Mazkur hujjat ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi: Talabalar amaliy mashg‘ulotlari va bitiruvchilarni ishga joylashtirishda ko‘maklashish O‘zaro tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish Ilmiy loyihalarni birgalikda ishlab chiqish […]

COOMET Qoʻmitasi yigʻilishlari ilk marotaba O‘zbekiston raisligida oʻtkazildi

2025 yil 29–30 may kunlari Armaniston Resp ublikasining Yerevan shahrida Yevro-Osiyo davlat metrologiya muassasalari hamkorlik tashkiloti (COOMET) (https://www.coomet.net/)ning Etalonlar bo‘yicha Qo‘shma qo‘mitasi (TQ 1)ning 28-yig‘ilishi hamda COOMET qo‘mitasining 37-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ushbu muhim xalqaro tadbirlarda O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (https://nim.uz/) xodimlari faol ishtirok etdilar. Tadbirda 15 dan ortiq davlat vakillari ishtirok etishdi. Yig‘ilishlar kun tartibida […]

Yangi etalonlar joriy etilmoqda

  Metrologiya sohasini yanada rivojlantirish, o‘lchashlarning aniqligi va ishonchliligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-fevraldagi PQ-91-sonli qaroriga asosan O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (https://nim.uz/)etalonlar bazasini rivojlantirish yuzasidan qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, institut tarkibida yangi tashkil etilgan Kimyo laboratoriyasida Slovakiya metrologiya instituti (SMU) (https://www.smu.sk/104-sk/slovak-metrology-institute/)mutaxassislari bilan hamkorlikda zamonaviy yuqori aniqlikdagi suvli eritmalardagi vodorod ionlari faolligining pH […]

Bayram shukuhi davom etmoqda

Butunjahon metrologiya kuni munosabati bilan O‘zMMI Olmaliq, Chirchiq va Bekobod filiallari hamkorligida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirni Olmaliq filiali bo‘limi boshlig‘i A. Abdulazizov ochib berdi va mehmonlar bilan tanishtirdi. Unda filiallarning joriy yil uchun belgilangan vazifalarni bajarishdagi yutuqlari ta’kidlandi. Jumladan, yilning dastlabki to‘rt oyida 7 ta yo‘nalishda 5 ta o‘lchash vositasi qiyoslanib, metrologik attestatlash ishlari amalga […]

Aniqlik – sog‘liq kafolati!

Tibbiyotda har bir o‘lchov muhim. Shu bois, klinikalardagi tibbiy asbob-uskunalar har yili metrologiya tekshiruvdan o‘tkaziladi. Jurnalist va blogerlar uchun O‘zbekiston milliy metrologiya institutining Samarqand filiali tashabbusi bilan press-tur tashkil etildi. Unda hududda joylashgan Istanbul EKU Markazi klinikasi faoliyati va undagi asboblarning qanday tekshirilishi yaqindan o‘rganildi. Media-tur orqali jurnalistlar nafaqat tekshiruv jarayonini kuzatishdi, balki inson hayoti […]