Huquqiy savodxonlik va hujjat ishlarini yuritish bo‘yicha o‘quv-seminar tashkil etildi

🔵 O‘zbekiston milliy metrologiya instituti tashabbusi bilan tashkilot tizimidagi Filiallar tomonidan rasmiylashtirilayotgan hujjatlarni amaldagi qonunchilik talablariga mos ravishda yuritilishini ta’minlash, belgilangan huquqiy tartib-taomillarga rioya etilishini kuchaytirish maqsadida o‘quv-uslubiy seminar tashkil etildi. 🔴 Seminar davomida yangi tahrirda qabul qilingan Mehnat kodeksi, sohaviy me’yoriy-huquqiy hujjatlar, hujjatlar aylanmasi, ish yuritish madaniyati va kadrlar hujjatlarini rasmiylashtirishdagi zamonaviy yondashuvlar batafsil […]

Metrologiya sohasida davlatlararo hamkorlik: O‘zbekiston tashabbuslari e’tirof etildi

✅ Joriy yilning 19–21 may kunlari Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida “Chegarasiz metrologiya” mavzusida xalqaro metrologiya forumi va ko‘rgazmasi doirasida Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha davlatlararo kengash (MGS)ning Metrologiya bo‘yicha ilmiy-texnika komissiyasi (NTKMetr)ning 61-yig‘ilishi hamda metrologiya sohasida asosiy hisoblangan hujjatlar bo‘yicha ishchi guruh (RG ODM NTKMetr)ning 26-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. ✅ Mazkur tadbirlarda O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga […]

Oʻzbekiston delegatsiyasining OIML rahbariyati bilan uchrashuvi: xalqaro metrologik hamkorlikni chuqurlashtirish sari

✅ Fransiyaning Parij shahrida Metrik konvensiya tashkil topganligining 150 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan tadbir doirasida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (https://standart.uz/) direktori Akmal Jumanazarov hamda delegatsiya a’zolari Qonunchilik metrologiyasi xalqaro tashkiloti (OIML) (https://www.oiml.org/en) rahbarlari bilan uchrashdi. ✅ O‘zbekiston vakillari ilk marotaba qatnashgan mazkur uchrashuvda Oʻzbekistonning 2001-yildan beri kuzatuvchi maqomida boʻlgan OIML (Qonunchilik metrologiyasi xalqaro […]

“Formula 2025” festivali bo‘lib o‘tdi

✅ Toshkent shahridagi Botanika bog‘ida katta ilmiy-ommabop festival — “Formula 2025” bo‘lib o‘tdi. ✅ Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, uning asosiy maqsadi — ilm-fanga qiziquvchi barcha fuqarolar, ayniqsa yoshlar o‘rtasida ilmga bo‘lgan qiziqishni oshirish, innovatsion g‘oyalar va kashfiyotlarga e’tiborni kuchaytirishdan iborat bo‘ldi. ✅ Festivalda mamlakatimizning turli ilmiy muassasalari, jumladan, O‘zbekiston […]

Toshkent shahridagi «MMFI» milliy tadqiqot yadro universiteti filialida mehnat yarmarkasi bo’lib o’tdi

🔵 Taqdimotlar bilan boshlangan mazkur tadbirda talabalar ta’lim yo‘nalishlari haqida gapirib, o‘zlarining ilmiy-texnik loyihalarini namoyish etishdi. 🔵 Anjuman davomida O‘zbekistonning yetakchi sanoat tashkilotlari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. 🟢 Shuningdek, O‘zbekiston milliy metrologiya instituti mutaxassislari talabalarga ishga joylashish imkoniyatlari haqida ma’lumotlar berdilar va mutaxassisligi mos keladigan talabalarni amaliyotlarga hamda ishga jalb qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Yangi hajm o‘lchash etaloni ishga tushirildi

✅ O‘zbekiston milliy metrologiya instituti hamda Polsha davlatining «Radwag» kompaniyasi hamkorligida ishlab chiqarilgan yuqori aniqlikdagi hajm o’lchash etaloni ishga tushirildi. ✅ Mazkur etalonni o‘rnatish va ishga tushirish jarayonida xorijiy ekspert tomonidan O‘zMMI mutaxassislariga texnik o‘quv ishlari tashkil qilindi. ✅ Natijada ushbu kompleks etalon yordamida Guidelines on the Determination of Uncertainty in Gravimetric Volume Calibration EURAMET […]

Xotira – abadiy, Qadr-muqaddas.

🟡 Xotira o‘tganlarni eslatib turadi,o’zlikni anglatadi. Ajdodlarimizning o‘chmas xotirasi doimo Qalblarimizda mangu yashaydi. 🔵 9 may – Xotira va Qadrlash kuni Ikkinchi jahon urushining ayanchli oqibatlarini unutmaslikka, tinchlik va osuda hayotning qadriga yetishga, Vatanga sadoqat hissi bilan yashashga, tarixiy xotiraga sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qilib kelmoqda. 🔴 9-mayni Xotira va Qadrlash kuni tarzida umumxalq bayrami […]