Aniq vaqt

Oʻzbekiston delegatsiyasining OIML rahbariyati bilan uchrashuvi: xalqaro metrologik hamkorlikni chuqurlashtirish sari

✅ Fransiyaning Parij shahrida Metrik konvensiya tashkil topganligining 150 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan tadbir doirasida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (https://standart.uz/) direktori Akmal Jumanazarov hamda delegatsiya a’zolari Qonunchilik metrologiyasi xalqaro tashkiloti (OIML) (https://www.oiml.org/en) rahbarlari bilan uchrashdi.

✅ O‘zbekiston vakillari ilk marotaba qatnashgan mazkur uchrashuvda Oʻzbekistonning 2001-yildan beri kuzatuvchi maqomida boʻlgan OIML (Qonunchilik metrologiyasi xalqaro tashkiloti)ga to‘laqonli a’zo boʻlish tartibi, bu a’zolikning afzalliklari, OIML hujjatlarining Jahon savdo tashkilotining TBT bitimi doirasidagi ahamiyati, O‘zbekistonda hozirgacha joriy etilgan 29 ta hujjat va 2027 yilgacha bu sonni 112 taga yetkazish rejasi, shuningdek, texnik qo‘mitalar faoliyatida mutaxassislarimiz ishtirokini kengaytirish va OIML-CS sertifikatlash tizimiga qo‘shilish imkoniyatlari muhokama qilindi.

✅ Shuningdek, suhbat jarayonida sohaga oid barcha yo‘nalishlarida keng ko‘lamli hamkorlikni rivojlantirishga kelishib olindi.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil