![]() |
✅ Toshkent shahridagi Botanika bog‘ida katta ilmiy-ommabop festival — “Formula 2025” bo‘lib o‘tdi.
✅ Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, uning asosiy maqsadi — ilm-fanga qiziquvchi barcha fuqarolar, ayniqsa yoshlar o‘rtasida ilmga bo‘lgan qiziqishni oshirish, innovatsion g‘oyalar va kashfiyotlarga e’tiborni kuchaytirishdan iborat bo‘ldi.
![]() |
![]() |
✅ Festivalda mamlakatimizning turli ilmiy muassasalari, jumladan, O‘zbekiston Milliy metrologiya institutining yosh xodimlari ham faol ishtirok etishdi.
✅ Festival doirasida interaktiv namoyishlar, tajribalar, master-klasslar va ochiq muloqotlar tashkil etildi. Ushbu tashabbus yoshlarni ilm-fan sohasiga jalb etish, tadqiqotchilik faoliyatiga qiziqish uyg‘otish va ijodkorlik muhitini rivojlantirishda muhim qadam bo‘ldi.
![]() |



