O‘zbekiston va Ruminiya: texnik tartibga solish sohasidagi hamkorlik yangi bosqichda

O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Ruminiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Daniel Kristian Chobanu bilan uchrashdi. Muloqot davomida ikki mamlakat o‘rtasida savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etish, standartlashtirish, metrologiya, muvofiqlikni baholash, sertifikatlashtirish, bozor nazorati hamda mahsulotlar xavfsizligini ta’minlash yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston va Ruminiya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar izchil […]
O‘zbekiston Milliy metrologiya instituti vakillari хalqaro seminarda ishtirok etdi

Xitoy Xalq Respublikasining Sian shahrida Osiyo-Tinch okeani qonuniy metrologiya forumi (APLMF), Xalqaro qonuniy metrologiya tashkiloti (OIML) hamda Bozorni tartibga solish davlat ma’muriyati (SAMR) hamkorligida OIML sertifikatlash tizimini (OIML-CS) qo‘llash va “Harakatdagi yo‘l transport vositalarining massasini avtomatik tortish va o‘qlarga tushadigan yuklamani o‘lchash” bo‘yicha OIML R 134 Xalqaro tavsiyasini qayta ko‘rib chiqish masalalariga bag‘ishlangan xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi. […]
O‘zbekiston milliy metrologiya instituti tomonidan xalqaro onlayn trening tashkil etildi

Islom davlatlari standartlashtirish va metrologiya tashkiloti Metpologiya kengashi (SMİİC MC) (https://mc.smiic.org/en/calendar/smiic-mc-activities) doirasida O‘zbekiston milliy metrologiya instituti Radiotexnik kattaliklar, ionlovchi nurlanishlarni o‘lchash va putur yetkazmasdan tekshirish bo‘limi xodimlari tomonidan joriy yilning 7 sentyabr kuni “Time scale difference. Local clock vs. UTC(k) measurement uncertainty calculation” mavzusida xalqaro darajadagi onlayn trening tashkil etildi. Trening davomida milliy vaqt shkalalarini shakllantirish va […]
Davlat etalonlari xaridi: Vaqt va chastota etalon kompleksi bo‘yicha tender boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-25-son Farmoniga muvofiq tasdiqlangan 2024–2030-yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan xarid qilinadigan etalonlar ro‘yxati ijrosini ta‘minlash maqsadida Vaqt va chastota etalon kompleksini xarid qilish bo‘yicha davlat xaridlari tender savdolari e’lon qilindi. Shu munosabat bilan 2026-yil 25-avgust kuni “O‘zMMI” DM tomonidan davlat xaridlarining elektron tizimi – etender.uzex.uz maxsus axborot […]
O‘zbekistonda kvant metrologiyasini rivojlantirishning yangi bosqichi

✅ O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida kvant metrologiyasi sohasini rivojlantirish, zamonaviy o‘lchash texnologiyalarini amaliyotga joriy etish, malakali yosh mutaxassislarni tayyorlash hamda ilmiy-tadqiqot va innovatsion ishlanmalarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi. ✅ Uchrashuvda AQSh Savdo departamenti huzuridagi Milliy etalonlar va texnologiyalar instituti (NIST) Kvant o‘lchashlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari doktor Albert Rigosi hamda Chexiya Milliy metrologiya […]
Davlat etalonlari xaridi: Aerozollarning ommaviy konsentratsiyasini o‘lchash vositalarini tekshirish uchun qurilma namunasini yaratish maqsadida Submikron zarrachalar parametrlarini kalibrovka qilish stendini xarid qilish bo’yicha tender boshlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2024-yil 15-avgustdagi topshirig‘ida belgilangan muammolarni ilmiy jihatdan hal qilishga qaratilgan Ilmiy faoliyat bo‘yicha Davlat maqsadli dasturi doirasida amalga oshiriladigan amaliy tadqiqot loyihalari tanlovi doirasida Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan hamkorlikda AL-9324104939 “Аerozollarning ommaviy kontsentratsiyasini o‘lchash vositalarini tekshirish uchun qurilma namunasini yaratish” mavzusidagi amaliy tadqiqot […]
O‘zbekistonda zamonaviy kvant texnologiyalarini metrologiya sohasiga joriy etish, mutaxassislarning ilmiy-amaliy salohiyatini oshirish hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida “Quantum Technologies in Measurements” mavzusida xalqaro yozgi maktab — Summer School tashkil etildi.

Tadbirda AQSh Savdo departamenti huzuridagi Milliy standartlar va texnologiyalar instituti (NIST) Kvant o‘lchashlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Dr. Albert Rigosi, Chexiya Milliy metrologiya instituti (CMI) Uzunlik kvant bo‘limi metrologi Dr. Petr Kren va boshqa xorijiy davlat metrologiya instituti vakillari ishtirok etmoqda. Shuningdek, xalqaro yozgi maktabda O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, O‘zbekiston milliy metrologiya instituti va institutning hududiy filiallari, oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot […]
Rossiyalik ekspertlar bilan qurilish oynasi mahsulotlari xavfsizligi muhokama qilindi

O‘zbekistonda qurilish oynasi mahsulotlarini import qilish jarayonlarini tartibga solish, ularning texnik reglament va standartlar talablariga muvofiqligini ta’minlash, shuningdek, mahsulotlar sifati va xavfsizligini oshirish masalalari muhokama qilindi. Ushbu masalalarga bag‘ishlangan videokonferensiya shaklidagi davra suhbatida Rossiya Federatsiyasi Federal texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya agentligi (Rosstandart) huzuridagi Rossiya Standartlashtirish instituti, 465-sonli «Qurilish» hamda 144-sonli «Qurilish materiallari va […]
“Quantum Technologies in Measurements” xalqaro yozgi maktabi o‘z ishini boshladi

O‘zbekistonda ilk bor kvant texnologiyalari o‘lchashlarda yozgi maktabi o‘z ishini boshladi. Mazkur tadbir zamonaviy metrologiya va yuqori aniqlikdagi o‘lchash texnologiyalarini rivojlantirish, metrologik kuzatiluvchanlikni ta’minlash, milliy etalonlar bazasini takomillashtirish hamda kvant texnologiyalarining o‘lchashlar sohasidagi istiqbollari bilan bir qatorda kvant texnologiyalarini sanoatda qo‘llashni nazariy asoslari muhokama qilishga qaratilgan. Xalqaro yozgi maktab doirasida kvant texnologiyalari, kvant metrologiyasi, yuqori […]
Yoshlar — Vatanimizning buguni va ertangi kunining ishonchli bunyodkorlaridir

“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” g‘oyasi ostida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi hamda “Yoshlar kuni” munosabati bilan O‘zbekiston milliy metrologiya institutida yoshlar ishtirokida mazmunli va ko‘tarinki ruhdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida yoshlik — inson hayotidagi eng katta imkoniyatlar, ezgu orzular va ulkan maqsadlar davri ekani alohida ta’kidlandi. Yosh […]