Aniq vaqt

O‘zbekistonda kvant metrologiyasini rivojlantirishning yangi bosqichi

✅ O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida kvant metrologiyasi sohasini rivojlantirish, zamonaviy o‘lchash texnologiyalarini amaliyotga joriy etish, malakali yosh mutaxassislarni tayyorlash hamda ilmiy-tadqiqot va innovatsion ishlanmalarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi.

✅ Uchrashuvda AQSh Savdo departamenti huzuridagi Milliy etalonlar va texnologiyalar instituti (NIST) Kvant o‘lchashlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari doktor Albert Rigosi hamda Chexiya Milliy metrologiya instituti (CMI) Uzunlik va kvant o‘lchashlar bo‘limi metrologi doktor Pit Kren ishtirok etdi.

Muloqot davomida kvant metrologiyasi sohasida malakali yosh mutaxassislarni tayyorlash, ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, zamonaviy kvant o‘lchash texnologiyalarini amaliyotga joriy etish hamda O‘zbekistonning ushbu yo‘nalishda Markaziy Osiyodagi ilmiy va texnologik xab sifatidagi salohiyatini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, kvant metrologiyasining iqtisodiyot va sanoat rivojidagi ahamiyati, yuqori aniqlikdagi o‘lchash texnologiyalaridan ishlab chiqarish va ilmiy-tadqiqot jarayonlarida foydalanish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.

✅ Uchrashuvda O‘zbekistonda ilk bor kvant texnologiyalarida o‘lchashlar bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etilgani xorijiy ekspertlar tomonidan ijobiy baholandi. Mazkur ta’lim dasturlarini izchil davom ettirish, takomillashtirish va qamrovini kengaytirish muhimligi qayd etildi.

✅ Xorijiy ekspertlar O‘zbekiston Milliy metrologiya instituti laboratoriyalarining mavjud salohiyati, texnik imkoniyatlari va ilmiy-tadqiqot infratuzilmasini yuqori baholadi. Kvant metrologiyasi yo‘nalishida ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish uchun mavjud imkoniyatlar alohida ta’kidlandi.

✅ Uchrashuv yakunida kvant metrologiyasi sohasida kadrlar tayyorlash, ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, laboratoriya salohiyatini mustahkamlash va xalqaro hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil