O‘zbekistonda 2024-yil Butunjahon metrologiya kuni nishonlanadi

2024-yilgi Butunjahon metrologiya kuni munosabati bilan O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (O‘zMMI) bir qator tadbirlar o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Ushbu tadbirlarda O‘zMMI, uning hududiy filiallari, fan va taʼlim tashkilotlari, ishlab chiqarish hamda xususiy sektorni bir davraga birlashtirish nazarda tutilmoqda. Bunda, sifatni nazorat qilishda metrologiyaning o‘rni, O‘zMMI kengaytirilgan kalibrlash va o‘lchash imkoniyatlari, metrologiya faoliyatida jarayonlarni takomillashtirishga va yangi […]
ТАШАККУРНОМА

Ҳурматли Лариса Петровна, Мана шу ўзига хос кунда Сизга катта қувонч ва самимийлик билан мурожаат қилиб, 30 йилдан ортиқ вақт давомида ташкилотимизнинг ривожланишига қўшган улкан ҳиссангиз учун чин кўнгилдан миннатдорчилик билдирмоқчимиз. Сизнинг метрология ва стандартлаштириш соҳасидаги бебаҳо ўрнингиз ўлчашлар бирлилигини таъминлаш давлат тизими тарихида ўчмас из қолдирди. Сизнинг профессионаллигингиз, илм-фанга бўлган иштиёқингиз ва […]
Akkreditatsiya sohasi kengaytirildi

O‘zbekiston milliy metrologiya instituti Navoiy filiali o‘lchash vositalarini qiyoslash bo‘yicha akkreditatsiya sohasini kengaytirish maqsadida tizimli ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Endilikda ishlab chiqarish hamda sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatlarida, mahsulotlarni sinash va boshqa turdagi laboratoriyalarda foydalaniladigan spektrofotometrlarni qiyoslash, avtotransport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish, shuningdek 50 000 dm3 gacha bo‘lgan avtosig‘mlarni qiyoslash bo‘yicha akkreditatsiya sohasi kengaytirildi.
Илмий тадқиқотларга жалб этиш юзасидан «Илм соати» бўлиб ўтди

Ўзбекистон миллий метрология институтида “Тошкент ирригация ва қишлоқ хўжалигини механизациялаш муҳандислари институти” миллий тадқиқот университети профессор – ўқитувчиларидан Умумтехник фанлари кафедраси мудири Тех.фан номзоди, доц. Х. Туркменов, Тех.фан док., проф. П. Каландаров, Тех.фан док. проф. Сулюкова, кафедра доценти И. Авазов, катта ўқитувчи Х. Шермухамедовлар ва ЎзММИ раҳбарияти ҳамда ёш метрологлар иштирокида илк бор «Илм соати» […]
QATOR QULAYLIKLAR YARATILADI

“O‘zMMI” DM Xorazm filiali kalibrlash laboratoriyasining O‘zDSt ISO/IEC 17025:2019 standarti talablariga muvofiq akkreditatsiya qilingan kalibrlash laboratoriyasi (O‘ZAK.KL.0013) akkreditatsiya sohasi 2 ta o‘lchanadigan kattalikka ya’ni, ijobiy ortiqcha bosim 26 kPa dan 6 MРа gacha va salbiy ortiqcha bosim -90 dan -22 kРа gacha kengaytirildi. Bu bilan, bosim kattaliklarini kalibrlash bo‘yicha ishlab chiqaruvchi va tadbirkorlarga qator qulayliklar […]
APMP биз ҳақимизда

Осиё Тинч океани метрология дастури APMP журналининг навбатдаги сонида ЎзММИ фаолиятига бағишланган мақола чоп этилди. Бу эса ўз навбатида ЎзММИ нинг ривожланиш босқичларини ҳалқаро ташкилотлардан ҳам эътироф этилишидан далолатдир. Эслатиб ўтамиз, мазкур журналнинг 2023 йилидаги 47 сонида хам ЎзММИ фаолияти ҳақида фикр юритилган.
RADIATSIYA METROLOGIYASI VA ILM-FAN SOHASINI RIVOJI YO‘LIDA

Roman Vasilyevich hozirda “O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” davlat muassasasi radiotexnika kattaliklarini o‘lchash, ionlashtiruvchi nurlanish va putur yetkazmasdan tekshirish bo‘limida ekspert – konsultant lavozimida ishlab kelmoqda. U ish faoliyatida institut xodimlarini o‘qitish, radiometriya va spektrometriya yoʻnalishidagi standartlarni ishlab chiqish va metrologik tekshiruv, ilmiy tadqiqotlar va nashrlarni tayyorlashda faol ishtirok etmoqda. Ma’lumot o‘rnida, Roman Vasilevich Lukashevich, Belarus […]
MDH MGSning eng yaxshi yosh metrologi

2024-yil 22-aprel kuni “MDH MGSning eng yaxshi yosh metrologi” xalqaro pilot tanlovi bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish uchun videokonferensaloqa orqali tanlov ilmiy qo‘mitasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Ozarbayjon Respublikasi, Belarus Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasidan tanlov ilmiy qo‘mitasi a’zolari hamda Standartlar byurosi mutaxassislari ishtirok etdilar. Shuningdek, Mazkur tanlovda Oʻzbekiston milliy metrologiya […]
KALIBRLASH UCHUN AKKREDITLANDI

Endilikda O‘zMMI DM Qo‘qon filiali massa kattaliklari bo‘yicha tadbirkorlarga kalibrlash xizmatlarini amalga oshiradi. Bu bilan, o‘z o‘rnida, Respublikada bajariladigan o‘lchash natijalarining xalqaro darajada metrologik kuzatiluvchanligini ta’minlashga hamda mahalliy mahsulotni chet elga yetkazib berishda o‘lchash va sinash natijalarining tan olinishiga erishiladi. Hozirda Qo‘qon filialining kalibirlash laboratoriyasi massa kattaliklari bo‘yicha 10 mg dan 1 kg gacha bo‘lgan […]
Hamdardlik

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti jamoasi mamlakatimizda metrologiya sohasini rivojlantirishga oʻzining munosib hissasini qoʻshgan metrolog Sadikov Andrey Bilyevich vafot etganligi munosabati bilan marhumning yaqinlari va oila aʼzolariga chuqur hamdardlik bildiradi. Xalqimizning munosib farzandi, mashhur metrolog, mehribon ustoz, kamtarin, samimiy va ajoyib inson Andrey Sadikov yorqin xotirasi qalbimizda hamisha saqlanib qoladi.