O‘zbekiston metrologiyasi 100 yoshda

Qadim Buyuk ipak yo‘lida joylashgan yurtimizda metrologiya ya’ni o‘lchashlar borasidagi ilk qadamlar bundan roppa rosa 100 yil avval qo‘yilgan. Bu qadam o‘z vaqtining aniq o‘lchashlarini ta’minlab o‘lchashlar birxilligini belgilay boshlagan. 1924 yilda o‘lchashlar bo‘yicha yig‘ilishda 2 bayonnomaga asosan Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida amal qilish doirasi butun Turkiston Respublikasi bo‘lgan Savdo o‘lchov va tarozilarini Qiyoslash Palatkasi […]

Xalqaro o‘lchovlar va tarozilar byurosi (BIPM) Vaqt va chastota maslahat qo‘mitasi (TCTF)ning Xalqaro atom guruhi (TAI) va Vaqt shkalasi algoritmi ishchi guruh (WG ALGO)larining IV Texnik almashinuv yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Yig‘ilish davomida BIPM TAI guruhiga qo‘shilgan yangi laboratoriyalarning tanishtiruv taqdimotlari tinglandi, jumladan, O‘zMMI Vaqt va chastota laboratoriyasi xodimlari ham O‘zbekiston milliy vaqt shkalasi UTC(UZ)ni hosil qilish yuzasidan o‘z taqdimotlarini namoyish etdi. Shuningdek, BIPM TCTF mas’ullari tomonidan TAIga a’zo laboratoriyalarning TCTF ga uzatadigan ma’lumotlarining yangi formati yuzasidan kiritilgan o‘zgarishlar yuzasidan xabardor qilindi.

O‘zbekiston Milliy metrologiya instituti xodimi – xalqaro trening ishtirokchisi

Bosim metrologiyasida texnik bilimlarni takomillashtirish maqsadida MEDEA-DEC bosim ulchash vositalarini kalibrlash bo’yicha trening (DWT) bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur treningda Bangladesh, Qozog’iston, Qirg’iziston, Malayziya, Mo’g’uliston, Nepal, Pokiston va Vetnam mamlakatlari bilan bir qatorda O‘zbekiston vakillari ham ishtirok etmoqda. O‘zbekiston Milliy metrologiya instituti xodimi e’lon qilingan tanlovda g‘olib bo‘lib, malaka oshirish bo‘yicha grant doirasida ishtirok etmoqda.

20 may – Butunjahon metrologiya kuni

20 may – Butunjahon metrologiya kuni arafasida “O‘zbekiston” telekanalining “Yangi O‘zbekiston” teledasturi O‘zbekiston milliy metrologiya instituti faoliyatiga bag‘ishlangan ko‘rsatuv namoyish etildi.

O‘zbekistonda metrologiya faoliyatining 100 yilligiga O‘zbekiston milliy metrologiya institutidan navbatdagi tuhfa

O‘zbekiston milliy metrologiya institutining Fizik-kimyoviy, optik-fizikaviy va harorat kattaliklarini o‘lchash bo‘limi Fotometriya va optik kattaliklarni oʻlchash laboratoriyasi COOMET PR-S11 qoʻshimcha solishtirishlarni muvaffaqiyatli yakunladi. O‘zbekiston Respublikasining qoshimcha 2 ta kalibrlash va oʻlchash imkoniyatlari (СМС-qatorlar) toʻgʻrisidagi yozuvlar Xalqaro oʻlchov va tarozilar byurosining (BIPM) asosiy solishtirishlar ma’lumotlar bazasida (KCDB) chop etildi. O‘zbekiston Respublikasining BIPMning KCDB platformasida chop etilgan […]

SARF YO‘NALISHI BO‘YICHA ILK BORA APMP DOIRASIDA SOLISHTIRISHDA

O‘zbekiston milliy metrologiya instituti mutaxassislari “Osiyo-Tinch okeani metrologiya dasturi” (APMP) Texnik qo‘mitasining tashabbusi asosida bo’lib o’tadigan APMP.M.FF-K6.2024-sonli 0,1 l/min dan 10 l/min gacha bo’lgan gaz sarfi taqqoslash loyihasida qatnashish imkoniyatiga ega bo’ldilar. Shuningdek, APMP tomonidan tashkil qilinayotgan grand loyiha asosida O‘zMMI xodimlari Tailand metrologiya institutida malaka oshirish imkoniyatini qo’lga kiritdilar. Loyihada qatnashuvchilar ro’yhati.

O‘zbekistonda metrologiya faoliyatining 100 yilligiga O‘zbekiston milliy metrologiya institutining UzNIM SSDL jamoasidan munosib tuhfa

O‘zbekiston milliy metrologiya institutining Radiotexnik kattaliklar, ionlovchi nurlanishlarni o‘lchash va putur yetkazmasdan tekshirish bo‘limi Ikkilamchi etalonlar dozimetriya laboratoriyasining (UzNIM SSDL jamosi) kalibrlash va oʻlchash imkoniyatlari (СМС-qatorlar) toʻgʻrisidagi yozuvlar Xalqaro oʻlchov va tarozilar byurosining (BIPM) asosiy solishtirishlar ma’lumotlar bazasida (KCDB) chop etildi. Xalqaro atom energiyasi agentligi (IAEA) Dozimetriya laboratoriyasi (DOL) va UzNIM SSDL oʻrtasida tashkil etilgan […]

SMİİC MC 14-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston milliy metrologiya institutining vakillari joriy yilning 9 May kuni Turkiya Respublikasining Istanbul shahrida tashkil etilgan Islom davlatlari standartlashtirish va metrologiya instituti Metrologiya kengashi (SMİİC MC) 14-yig‘ilishida ishtirok etdi. Yig‘ilishda Bosniya va Gertsegovina, Marokash, Iroq, Liviya, Saudiya Arabistoni, Iordaniya, Burkina Faso, Indoneziya, Falastin, Gvineya, Kamerun, Misr, Pokiston, Sudan, Tunis, Uganda va Yaman mamlakatlaridan hamda Ko‘rfaz […]

Qattiq jismlar tebranma harakatidagi tezlik, tezlanish va uzunlik birliklari etaloni (tebranish etaloni) yordamida ISO 16063-21 standarti talablari asosida o‘lchashlar amalga oshirilmoqda

O‘lchashlar o‘tkazish jarayonida hosil bo‘lgan savollarga tebranish etaloni ishlab chiqaruvchi ishlab chiqaruvchi (SPEKTRA Schwingungstechnik und Akustik GmbH Dresden) kompaniya trening markazi ekspertlari bilan tashkil etilgan videokonferens aloqa orqali yechim topilmoqda. Tebranish etaloni yordamida ISO 16063-11 va ISO 16063-21 xalqaro standartlari asosida o‘lchash vositalarini kalibrlash faoliyatini joriy etishga doir malaka oshirish, ishlab chiqaruvchining Germaniya Federativ Respublikasining […]