“Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasida

Bugun Jizzax shahrida “Milliy sanoat zanjiri” avtomobilsozlik sanoati ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi. “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasida Texnik jihatdan tartibga solish agentligi, O‘zbekiston milliy metrologiya instituti va Jizzax hududiy filiali o’z mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda. Ko‘rgazma mahalliy ishlab chiqaruvchilar, yirik sanoat korxonalari va buyurtmachilarni bir maydonda jamlab, yangi kooperatsiya aloqalarini yo‘lga qo‘yish va istiqbolli hamkorliklarni shakllantirish […]

Ta’lim va amaliyot uyg‘unlashmoqda: Jizzax politexnika instituti hamda UzMMI Jizzax filiali hamkorlikni kuchaytiradi

Jizzax politexnika instituti rahbariyati va professor-o‘qituvchilari ta’lim, ilm-fan hamda ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish maqsadida “UzMMI” davlat muassasasi Jizzax filialiga tashrif buyurdi. Tashrifda institutning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Jamshid Abdunazarov, “Metrologiya va standartlashtirish” kafedrasi mudiri Faxriddin Isroilov hamda kafedra o‘qituvchilari ishtirok etdi. Uchrashuv davomida magistrlik dissertatsiyalari mavzularini kalibrlash laboratoriyalari va ishlab chiqarishning amaliy ehtiyojlaridan […]

Qatag‘on qurbonlari xotirasi – tarix sabog‘i va ma’naviy meros

#Jizzax_filiali Qatag‘on qurbonlari xotirasi – tarix sabog‘i va ma’naviy meros Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-noyabrdagi “2025-2026-yillarda mamlakatimizda qatagʻon qurbonlari hayoti va faoliyatini targʻib etish ishlarini yanada jadallashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 691-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida respublikamiz boʻylab qator amaliy tadbirlar olib borilmoqda. Ushbu qarorning asosiy yoʻnalishlaridan biri – qatagʻon qurbonlari hayoti, faoliyati […]

O‘zbekiston milliy metrologiya instituti davlat muassasasining Jizzax filiali tomonidan ООО “ADM JIZZAKH” mas’uliyati cheklangan jamiyatida navbatdagi davriy qiyoslash va kalibrlash ishlari amalga oshirildi

#Jizzax_filiali O‘zbekiston milliy metrologiya instituti davlat muassasasining Jizzax filiali tomonidan ООО “ADM JIZZAKH” mas’uliyati cheklangan jamiyatida navbatdagi davriy qiyoslash va kalibrlash ishlari amalga oshirildi. Ushbu jarayon davomida korxonada foydalanilayotgan o‘lchash vositalarining aniqligi, ishonchliligi hamda amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar va belgilangan standartlarga muvofiqligi har tomonlama sinchkovlik bilan tekshirildi. Xususan, dinomometrik kalitlar namunaviy “DOTE500N4-G” o‘lchash vositasi yordamida qiyoslovdan […]

Ona tilim g‘ururim, faxrim

Bu yil O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 35 yil to‘lishi munosabati O‘zbekiston Milliy metrologiya institutining hududiy filiallari tomonidan “Ona tilim g‘ururim, faxrim” mavzusi qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi. Tadbirlar davomida davlat tilining nufuzi va maqomini yuksaltirishga qaratilgan farmon va qarorlar, me’yoriy hujjatlar hamda ona tilimiz qadri va nufuzini yanada oshirish borasidagi amaliy ishlar alohida e’tirof […]