Aniq vaqt

“Eng yaxshi metrolog” mukofotining ilk g‘oliblari taqdirlandi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 4-apreldagi “Mahsulot sifatini oshirishga munosib hissa qo‘shgan mutaxassislar va korxonalarni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 143-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Eng yaxshi metrolog” mukofotining ilk g‘oliblari e’lon qilindi.

▶️TAULBALDIYEV Azamat Askarovich – “Eng yaxshi yosh metrolog” nominatsiyasi g‘olibi.
A.Taulbaldiyev “Radiotexnik kattaliklar va ionlovchi nurlanishlarni o‘lchash, putur yetkazmasdan tekshirish” bo‘limi bosh mutaxassisi

▶️MASHARIPOV Shodlik Masharipovich – “Ilmiy metrologiya yo‘nalishidagi eng yaxshi metrolog” nominatsiyasi g‘olibi. Sh. Masharipov Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti “Metrologiya, texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish va sertifikalashtirish” kafedrasi dotsenti, PhD.

▶️XO‘JAQULOV Dostonbek Abdurashid o‘g‘li «Amaliy metrologiya yo‘nalishidagi eng yaxshi metrolog» nominatsiyasi g‘olibi. D.Xo’jaqulov «Fizik-kimyoviy, optik-fizikaviy va harorat kattaliklari» boʻlimi etalon saqlovchisi.

▶️ZIYODULLAYEV Azizjon Ulug‘bek o‘g‘li – “Amaliy metrologiya yo‘nalishidagi eng yaxshi metrolog” nominatsiyasi sovrindori. A. Ziyodullayev O‘zbekiston standartlar instituti “Muvofiqlikni baholash va tasdiqlash ilmiy-tadqiqot” bo‘limi boshlig‘i.

“Eng yaxshi metrolog” mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risidagi nizomga muvofiq, ushbu tanlov 2026-yildan boshlab har yili an’anaviy tarzda o‘tkaziladi. U metrologiya sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning kasbiy mahorati, ilmiy salohiyati va amaliy natijalarini baholashga qaratilgan muhim mexanizm hisoblanadi.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil