“Eng yaxshi metrolog” mukofotining ilk g‘oliblari taqdirlandi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 4-apreldagi “Mahsulot sifatini oshirishga munosib hissa qo‘shgan mutaxassislar va korxonalarni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 143-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Eng yaxshi metrolog” mukofotining ilk g‘oliblari e’lon qilindi. ▶️TAULBALDIYEV Azamat Askarovich – “Eng yaxshi yosh metrolog” nominatsiyasi g‘olibi. A.Taulbaldiyev “Radiotexnik kattaliklar va ionlovchi nurlanishlarni o‘lchash, putur yetkazmasdan tekshirish” bo‘limi bosh mutaxassisi ▶️MASHARIPOV Shodlik Masharipovich – […]
ANIQLIK VA TARAQQIYOT YO‘LIDA: XALQARO GEOLOGIK LOYIHALARNING YANGI DAVRI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 25-yanvardagi qaroriga muvofiq “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ va “O‘zbekgeofizika” AJ ta’sischiligida xorijiy davlatlarda geologiya-qidiruv va geologik tadqiqot ishlarini amalga oshirishga ixtisoslashgan “Uzbek Overseas Geology Company” MCHJ tashkil etildi. Ushbu qaror mamlakatimiz geologiya sohasida yangi bosqichni boshlab berib, foydali qazilmalarni qidirish va ularni sanoat miqyosida o‘zlashtirish bo‘yicha xalqaro maydonda faol ishtirok […]
O‘ZBEKISTONDA MERTECH RIVOJLANISHI: SERTIFIKATSIYADAN SAVDOLAR O‘SISHIGACHA

MERTECH kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi bozoriga O‘zbekiston Milliy Metrologiya Instituti bilan yaqin hamkorlik tufayli kirib keldi. Institut mutaxassislari ko‘magida MERTECH M-ER savdo va analitik tarozilari metrologik attestatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tdi hamda O‘zbekiston Respublikasi o‘lchov vositalari davlat reyestriga kiritildi. Hozirgi kunda M-ER tarozilaridan O‘zbekistonning yetakchi kompaniyalari foydalanmoqda, Toshkent shahrida esa MERTECH servis markazi faoliyat yuritmoqda. MERTECH kompaniyasi haqida […]
O‘ZBEKISTON MILLIY METROLOGIYA INSTITUTI HURMATLI XODIMLARI!

Metrologiya kabi muhim va mas’uliyatli sohaga o‘z hayotini bag‘ishlagan mutaxassislar hamda yangi avlod professionallariga samimiy tabriklarim va ezgu tilaklarimni qabul qilgaysiz. Sizning faoliyatingiz barcha ishlab chiqarish jarayonlarida aniqlik, ishonchlilik va haqqoniylikning mustahkam poydevori hisoblanadi, ayniqsa strategik jihatdan muhim bo‘lgan neft-gaz sohasida. Aynan sizlarning fidokorona mehnatingiz tufayli o‘lchovlarning to‘g‘riligi, hisob-kitoblarning shaffofligi va texnologik operatsiyalarning xavfsizligi ta’minlanmoqda. […]