![]() |
![]() |
![]() |
O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (O‘zMMI) (https://nim.uz/)hamda Qirg‘iziston Akkreditatsiya markazi (KCA) (https://kca.gov.kg/) o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida muhim xalqaro tashabbus muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
Unga ko‘ra, O‘zMMI mutaxassislari ilk marotaba xorijiy texnik ekspertlar sifatida Bishkek shahridagi Sinov, sertifikatlashtirish va metrologiya markazining Elektr va radiotexnik o‘lchashlar laboratoriyasida o‘tkazilgan inspeksiya baholash jarayonida ishtirok etdilar.
Baholash jarayoni “ISO 17020: Muvofiqlikni baholash – inspeksiya faoliyatini amalga oshiruvchi turli organlarga qo‘yiladigan talablar” xalqaro standarti asosida olib borildi. Uning doirasida laboratoriya infratuzilmasi, xodimlarning malaka darajasi hamda texnik jihozlanish holati O‘zMMI xalqaro texnik ekspertlari tomonidan puxta tahlil va baholashdan o‘tkazildi.
Mazkur xalqaro baholashda O‘zbekiston milliy metrologiya institutining faol ishtiroki nafaqat institut mutaxassislarining yuqori malaka va tajribasini, balki institutning xalqaro miqyosdagi obro‘sini ham yana bir bor namoyon etdi.


