Ilk bor xalqaro texnik ekspert sifatida ishtirok etildi

O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (O‘zMMI) (https://nim.uz/)hamda Qirg‘iziston Akkreditatsiya markazi (KCA) (https://kca.gov.kg/) o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida muhim xalqaro tashabbus muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Unga ko‘ra, O‘zMMI mutaxassislari ilk marotaba xorijiy texnik ekspertlar sifatida Bishkek shahridagi Sinov, sertifikatlashtirish va metrologiya markazining Elektr va radiotexnik o‘lchashlar laboratoriyasida o‘tkazilgan inspeksiya baholash jarayonida ishtirok etdilar. Baholash jarayoni “ISO 17020: Muvofiqlikni […]