2025 yil 29–30 may kunlari Armaniston Resp
ublikasining Yerevan shahrida Yevro-Osiyo davlat metrologiya muassasalari hamkorlik tashkiloti (COOMET) (https://www.coomet.net/)ning Etalonlar bo‘yicha Qo‘shma qo‘mitasi (TQ 1)ning 28-yig‘ilishi hamda COOMET qo‘mitasining 37-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu muhim xalqaro tadbirlarda O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (https://nim.uz/) xodimlari faol ishtirok etdilar. Tadbirda 15 dan ortiq davlat vakillari ishtirok etishdi.
Yig‘ilishlar kun tartibida COOMET Prezidenti va Kotibiyati tomonidan hisobot davrida amalga oshirilgan ishlar, xalqaro va mintaqaviy metrologiya tashkilotlari (BIPM (https://www.bipm.org/en/), OIML (https://www.oiml.org/en/), GULFMET (https://www.gulfmet.org/), MGS (http://www.mgs.org.ru/) va boshqalar) faoliyati, CIPM MRA (https://www.bipm.org/en/cipm-mra) kelishuvi ijrosi, qonunlashtiruvchi metrologiya, ta’lim va axborot, sifat menejmenti, raqamli transformatsiya hamda CEEMS davlatlarini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
![]() |
Ma’lumot uchun, 2024 yildan boshlab COOMETga O‘zbekiston vakili Prezident sifatida rahbarlik qilib kelmoqda va tashkilot kotibiyati ham O‘zbekiston milliy metrologiya instituti huzurida faoliyat yuritmoqda.
E’tiborga molik jihati shuki, ushbu yig‘ilishlarda BIPM (Xalqaro o‘lchov va tarozilar byurosi) direktori Martin Milton va OIML (Qonuniy metrologiya bo‘yicha xalqaro tashkilot) direktori yordamchisi Ian Dunmill shaxsan ishtirok etdilar. Bu esa COOMET faoliyatining xalqaro miqyosdagi nufuzi va ahamiyati ortib borayotganini yana bir bor tasdiqlaydi.
Yig‘ilish doirasida bir qator muhim qarorlar qabul qilindi. Jumladan, “COOMET faxriy metrologi” faxriy unvoni (2024-yilgi mukofotlash bosqichi) COOMETga a’zo davlatlarning 8 nafar metrologlari nomzodi COOMET Qoʻmitasi tomonidan tasdiqlandi.
“COOMET faxriy metrologi” faxriy unvoni – COOMЕT hamkorligida faol ishtirok etuvchi shaxslarga beriladi va ularning yuksak professionalizmini e’tirof etish vositasi hisoblanadi. COOMET hamkorligini rivojlantirish va takomillashtirishga qo‘shgan shaxsiy hissasi va erishilgan natijalari uchun rag‘batlantirish vositasi hisoblanadi.
Quvonarlisi shundaki, O‘zbekiston milliy metrologiya instituti bosh metrologi Raymjonov Nuriddin ushbu nufuzli unvon bilan taqdirlandi.
Shuningdek, “Ta’lim va axborot” texnik qo‘mitasi (TQ 4) raisi lavozimiga ham O‘zbekiston vakili nomzodi COOMET qo‘mitasi tomonidan rasman tasdiqlandi.
Yig‘ilish doirasida Toshkent shahrida “Eng yaxshi yosh metrolog – COOMET 2025” (https://www.coomet.net/activities/international-competition-the-best-young-metrologist-of-coomet) XI xalqaro tanlovini tashkil etishga doir masalalar ham ko‘rib chiqildi.
![]() |
![]() |
![]() |



