Yozgi maktab doirasida laboratoriya mashg‘ulotlari o‘tkazildi

BIPM–COOMET UTC Summer School doirasida O‘zbekiston Milliy metrologiya instituti (UzNIM)da yozgi maktab ishtirokchilari uchun laboratoriya mashg‘ulotlari tashkil etildi. Yozgi maktabda ishtirok etgan mutaxassislar O‘zbekiston Milliy metrologiya institutining tegishli laboratoriyalarida amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etib, zamonaviy o‘lchash vositalari, laboratoriya jihozlari hamda metrologik jarayonlar bilan yaqindan tanishdilar. Jumladan, ishtirokchilar GNSS qabul qilgichlarini kalibrlash, o‘lchash jarayonlarini amaliy o‘rganish, shuningdek, […]
O‘zbekiston Respublikasida juma kuni milliy qadriyatlar, urf-odatlar va an’analarni keng targ‘ib etish maqsadida milliy kun sifatida e’lon qilinganligi munosabati bilan ushbu kunni munosib ravishda nishonlash muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu munosabat bilan, O‘zbekiston milliy metrologiya instituti hamda uning hududiy filiallari xodimlari har juma kunini milliylik ruhida o‘tkazishga alohida e’tibor qaratadilar. Xodimlar tomonidan milliy an’analarga hurmat ruhini kuchaytirish, milliy liboslarni targ‘ib qilish, xalqimizning boy madaniy merosini asrab-avaylash va kelgusi avlodlarga yetkazishga qaratilgan turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etiladi. Mazkur tashabbus jamoada milliy o‘zlikni anglash, vatanparvarlik tuyg‘ularini […]
Kitob — kasbiy mahorat va ma’naviy kamolot manbai

O‘zbekiston Milliy metrologiya instituti va uning hududiy filiallarida xodimlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish bilan bir qatorda, ma’naviy-ma’rifiy saviyasini yuksaltirish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Institut va hududiy filiallarda “Kitob o‘qish soati” tadbirlari muntazam tashkil etilib, jamoa a’zolari badiiy, ilmiy hamda metrologiya sohasiga oid adabiyotlarni mutolaa qilmoqdalar. Ushbu jarayonlarda xodimlar nafaqat kitob […]