COOMET tashkilotining “Massa va unga bog‘liq kattaliklar” texnik qo‘mitasi 30-yig‘ilishida O‘zbekiston vakillari ishtirok etdi

Qozog‘iston Respublikasining Olmaota shahrida Yevroosiyo hamkorligi doirasidagi metrologiya muassasalari — COOMET tashkilotining “Massa va unga bog‘liq kattaliklar” texnik qo‘mitasi (TQ 1.6)ning 30-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda COOMETga a’zo davlatlarning milliy metrologiya institutlari vakillari ishtirok etib, texnik qo‘mita faoliyatining joriy holati, amalga oshirilayotgan xalqaro solishtirishlar, shuningdek, kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi. Tadbirda O‘zbekiston Milliy metrologiya instituti (O‘zMMI) […]

Akustika yo‘nalishida DCC loyihasi doirasida raqamli kalibrlash sertifikatlarini amaliyotda qo‘llash masalasi muhokama qilindi

“O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” DM (O‘zMMI) xodimlari tomonidan akustika yo‘nalishida DCC — raqamli kalibrlash sertifikatini joriy etish bo‘yicha olib borilayotgan loyiha doirasida O’zbekiston standartlar instituti akustika sinov laboratoriyasi xodimlari bilan raqamli kalibrlash sertifikatlarini amaliyotda qo‘llash imkoniyatlari muhokama qilindi. Ushbu ishchi uchrashuv davomida sinov laboratoriyasi xodimlariga raqamli kalibrlash sertifikatlari, ularning strukturasi hamda foydalanishi bo‘yicha tushunchalar berildi. […]

YONG‘IN VA FAVQULODDA VAZIYATLARDA XODIMLARNI EVAKUATSIYA QILISH BO‘YICHA AMALIY TRENING O‘TKAZILDI

2026-yil 24-sentabr kuni O‘zbekiston milliy metrologiya instituti davlat muassasasining bosh ma’muriy binosida yong‘in va favqulodda vaziyatlarda xodimlarni xavfsiz evakuatsiya qilish bo‘yicha amaliy trening o‘tkazildi. ✅ Treningning asosiy maqsadi — favqulodda vaziyat yuzaga kelganda xodimlarning tezkor, to‘g‘ri va tartibli harakat qilish ko‘nikmalarini mustahkamlash, evakuatsiya yo‘llaridan to‘g‘ri foydalanish hamda xodimlarni xavfsiz yig‘ilish joyiga olib chiqish tartibini amalda […]

Yoshlar uchun intellektual mulk bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi

Yoshlarning ilmiy va ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning innovatsion faoliyatini rivojlantirish hamda intellektual mulk sohasidagi huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida Texnik jihatdan tartibga solish agentligida seminar-trening tashkil etildi. 24-sentabr — “Yoshlar kuni” doirasida o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi mutaxassislari ishtirok etdi. Seminarda ixtiro va foydali modellarni huquqiy muhofaza qilish, patent-axborot […]