O‘zbekiston milliy metrologiya instituti mutaxassislari KOOMETning “Termometriya va issiqlik fizikasi” TTQ 23-yig‘ilishida ishtirok etmoqda

2026 yil 15–16 sentyabr kunlari O‘zbekiston milliy metrologiya instituti mutaxassislari Solnechnogorsk shahrida VNIIFTRI bazasida o‘tkazilayotgan KOOMET “Termometriya va issiqlik fizikasi” TTQ 23-yig‘ilishida ishtirok etmoqda. Yig‘ilish doirasida termometriya va issiqlik fizikasi sohasidagi xalqaro hamkorlikning dolzarb masalalari, CIPM MRA kelishuvini amalga oshirish, xalqaro solishtirishlarni o‘tkazish, kalibrlash va o‘lchash imkoniyatlarini (CMC) ekspertizadan o‘tkazish, ekspertlik salohiyatini rivojlantirish hamda KCDB […]
O‘zbekiston milliy metrologiya institutida 42-chi etalon ishga tushirildi

Oʻzbekiston milliy metrologiya institutining yuqori aniqlikdagi oʻzgarmas tok qarshiligi boshlangʻich etaloni ishga tushirildi. Mazkur etalon yordamida energetika tizimidagi oʻzgarmas tok qarshiligi oʻlchash vositalari va koʻpriklari 0,1 mΩ dan 20 PΩ gacha oʻlchash koʻlamida, 10 ppm aniqlikda oʻlchash imkoniyatiga erishiladi. Hozirda ushbu etalon yordamida Ko‘rfaz metrologiya assotsiatsiyasi (GULFMET) doirasidagi GULFMET.EM-K2 asosiy solishtirishlar loyihasida oʻlchashlar amalga oshirilmoqda. […]