Bosimni o‘lchash vositalarini kalibrlash bo‘yicha texnik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

Joriy yilning 17–19 avgust kunlari O‘zbekiston milliy metrologiya institutining bosim laboratoriyasi bazasida institutning hududiy filiallari mutaxassislari uchun bosimni o‘lchash vositalarini kalibrlash masalalariga bag‘ishlangan texnik o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi. O‘quv mashg‘ulotining asosiy maqsadi hududiy filiallar mutaxassislarining kasbiy va texnik kompetentligini yanada oshirish, bosimni o‘lchash vositalarini kalibrlash sohasidagi amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda hududiy laboratoriyalarning kalibrlash imkoniyatlarini kengaytirishdan […]
IEC rahbari O‘zbekiston milliy metrologiya institutining zamonaviy laboratoriyalari bilan tanishdi

Xalqaro elektrotexnika komissiyasi (IEC) Bosh kotibi va Bosh ijrochi direktori Filipp Metsgerning O‘zbekistonga ilk tashrifi doirasida u O‘zbekiston milliy metrologiya instituti faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida Institutning zamonaviy metrologiya laboratoriyalarida yaratilgan sharoitlar, yuqori aniqlikdagi etalonlar va ilg‘or o‘lchash vositalari bilan tanishdi. Filipp Metsgerga mamlakatimizda o‘lchovlarning birliligi va aniqligini ta’minlash, milliy etalonlar bazasini rivojlantirish, o‘lchash […]
O‘zbekiston milliy metrologiya institutining standart namunalarni ishlab chiqaruvchi laboratoriyasi akkreditatsiyadan o‘tkazildi

O‘zbekiston milliy metrologiya institutining standart namunalarni ishlab chiqaruvchi laboratoriyasi O‘zbekiston akkreditatsiya markazi tomonidan O‘z DSt ISO 17034:2021 xalqaro standarti talablariga muvofiq o‘tkazilgan muvofiqlikni baholash tadbirlari natijalariga ko‘ra, pH hamda elektr o‘tkazuvchanlik standart namunalarini ishlab chiqaruvchi sifatida Milliy akkreditatsiya reyestriga kiritildi. Laboratoriyaga O‘ZAK.SN.0003 raqamli akkreditatsiya guvohnomasi berildi. Ma’lumot uchun: bugungi kunda ISO 17034 standartiga muvofiq sertifikatlangan […]