O‘zbekiston milliy metrologiya instituti xalqaro solishtirishda ishtirok etmoqda

“O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” davlat muassasasining Akustika, ultratovush va tebranish laboratoriyasi tebranish yo‘nalishi bo‘yicha EURAMET.AUV.V-K5.1 xalqaro asosiy solishtirishida ishtirok etmoqda. Ayni paytda Institutda solishtirish artefaktlari yordamida zarur o‘lchash ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur xalqaro solishtirishda O‘zbekistonning ishtiroki Institut mutaxassislarining EURAMET “Akustika, ultratovush va tebranish” texnik qo‘mitasi doirasidagi xalqaro hamkorligi natijasida ta’minlanmoqda. Xalqaro solishtirishlarda faol ishtirok etish […]

СOOMET TK 1.5 “Uzunlik va burchak” texnik qo‘mitasining 23-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

2026 yil 11–12 avgust kunlari Yekaterinburg shahridagi D.I.Mendeleyev nomidagi “Butunrossiya metrologiya ilmiy-tadqiqot instituti” FDUKning (ФГУП “ВНИИМ”) filiali “Ural ilmiy-tadqiqot metrologiya instituti”da (Уралького научно-исследовательский институт метрологии) — UNIIM bazasida COOMET TK 1.5 “Uzunlik va burchak” texnik qo‘mitasining 23-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda O‘zbekiston milliy metrologiya institutining Geometrik va mexanik kattaliklarni o‘lchash bo‘limi mutaxassislari Rustam Karimov va Umida […]

Tadbirkorlar muammosi — e’tibor va amaliy yechim markazida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan 20 avgust — Tadbirkorlar kuni sifatida belgilanganligi munosabati bilan yurtimizda tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘rganish va faoliyatini yanada rivojlantirishga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda. Shu maqsadda O‘zbekiston milliy metrologiya instituti davlat muassasasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Namangan filiallari rahbarlari tomonidan hududlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’yektlari, xususan, eksport qiluvchi korxonalar […]