Yoshlarga e’tibor – kelajakka e’tibor: Agentlik tizimida ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda uning tizimidagi O‘zbekiston milliy metrologiya instituti tomonidan ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda Agentlik direktori Akmal Jumanazarov so‘zga chiqib, tizimda faoliyat yuritayotgan yosh olimlar va mutaxassislarning yutuqlari, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ilmiy salohiyatini yuksaltirish hamda soha uchun raqobatbardosh kadrlar tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan […]
O‘zbekiston milliy metrologiya institutining Sirdaryo va Jizzax filiallarida korrupsiyaga qarshi kurashishga bag’ishlangan seminar o‘tkazildi

Filiallar rahbarlari va xodimlari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish” mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Tadbir davomida korrupsiya mansab vakolatidan noqonuniy foydalanib shaxsiy manfaat ko‘zlash ekani, uning jamiyat va davlat boshqaruviga salbiy ta’siri haqida tushuntirish berildi. Shuningdek, manfaatlar to‘qnashuvi tushunchasi, uni aniqlash va oldini olishning huquqiy asoslari ham muhokama qilindi. Seminarda xodimlarga xizmat vazifalarini […]
Ta’lim va amaliyot uyg‘unlashmoqda: Jizzax politexnika instituti hamda UzMMI Jizzax filiali hamkorlikni kuchaytiradi

Jizzax politexnika instituti rahbariyati va professor-o‘qituvchilari ta’lim, ilm-fan hamda ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish maqsadida “UzMMI” davlat muassasasi Jizzax filialiga tashrif buyurdi. Tashrifda institutning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Jamshid Abdunazarov, “Metrologiya va standartlashtirish” kafedrasi mudiri Faxriddin Isroilov hamda kafedra o‘qituvchilari ishtirok etdi. Uchrashuv davomida magistrlik dissertatsiyalari mavzularini kalibrlash laboratoriyalari va ishlab chiqarishning amaliy ehtiyojlaridan […]