Qozog‘iston oliy ta’lim muassasasi bilan hamkorlik muhokama qilindi

O‘zbekiston milliy metrologiya instituti va Olmaota texnologik universiteti o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Olmaota texnologik universitetining metrologiya kafedrasi mudiri hamda professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi. Tomonlar o‘zaro tajriba almashish, ilmiy-tadqiqot ishlari va kadrlar tayyorlash yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi. Uchrashuv davomida qozog‘istonlik mutaxassislarga O‘zbekistonda metrologiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, zamonaviy yondashuvlar […]
Turkiya Respublikasining Gebze shahrida metrologiya sohasidagi muhim xalqaro tadbirlardan biri — KOOMET Prezidenti Kengashining 43-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur yig‘ilish Turkiya Ilmiy-texnik tadqiqotlar kengashi мilliy metrologiya instituti (TÜBİTAK UME) direktori doktor Mustafo Chetintashning taklifiga asosan tashkil etildi. Unda metrologiya sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, zamonaviy yondashuvlarni joriy etish hamda istiqboldagi strategik yo‘nalishlarni belgilash masalalari muhokama qilindi. Yig‘ilishda O‘zbekiston мilliy metrologiya instituti direktori, KOOMET prezidenti Lazizbek Saidoripov ishtirok etdi hamda yig‘ilishga raislik qildi. Tadbir doirasida […]
Yangi bosqich: O‘zbekistonda yuqori aniqlikdagi zamonaviy laboratoriyalar ishga tushish arafasida!

Mamlakatimizning ishlab chiqarish va eksport salohiyatini oshirish, xalqaro tan olinadigan laboratoriyalarni faoliyatini joriy etish, sohani raqamlashtirish kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, shuningdek, sanoatimizning sohalariga metrologiya xizmatlariga bo‘lgan extiyojni qamrab olish darajasini oshirish muhim ahamiyatga ega. Neft va gaz, tog‘-kon, metallurgiya, sanoat xavfsizligi, ekologiya va sog‘liqni saqlash sohalarida foydalanishda bo‘lgan kimyoviy taxlil uchun qo‘llaniladigan o‘lchash vositalarini metrologik […]