Mamlakatimizning ishlab chiqarish va eksport salohiyatini oshirish, xalqaro tan olinadigan laboratoriyalarni faoliyatini joriy etish, sohani raqamlashtirish kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, shuningdek, sanoatimizning sohalariga metrologiya xizmatlariga bo‘lgan extiyojni qamrab olish darajasini oshirish muhim ahamiyatga ega.
Neft va gaz, tog‘-kon, metallurgiya, sanoat xavfsizligi, ekologiya va sog‘liqni saqlash sohalarida foydalanishda bo‘lgan kimyoviy taxlil uchun qo‘llaniladigan o‘lchash vositalarini metrologik tekshiruvi hamda mahsulotlarning muvofiqligini baholashda talab etiladigan kalibrlash (qiyoslash) gaz qorishmalariga (gaz qorishmalari) bo‘lgan extiyoj o‘rganilib, ularni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish maqsadida gaz qorishmalarini tayyorlash bo‘yicha laboratoriya loyihasini ishlab chiqildi va zarur yuqori aniqlikdagi o‘lchash vositalari hamda uskunalari bilan bosqichma-bosqich modernizatsiya qilinmoqda.
Ma’limot uchun, gaz qorishmalari yuqori aniqlikdagi sof gazlar tarkibidan iborat bo‘lib, gaz xromatograflar, analizatorlar, detektorlar, indikator va testerlarning metrologik tavsiflarini barqarorligini va aniqligini ta’minlash uchun muxim komponent hisoblanadi va asosan analitik laboratoriyalarda foydalaniladi.
Ushbu laboratoriya O‘zMMI ning Chirchiq filialida joylashgan bo‘lib, 2026-yil davomida amalga oshirish va sanoat extiyojidan kelib chiqan holda birinchi bosqichda 8 turdagi gaz qorishmalarini ishlab chiqishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.
Shuningdek Chirchiq filialida zamonaviy massa laboratoriyasi ishga tushdi. Sanoatning barcha tarmoqlarida, xususan, don, paxta, neft, kimyo, tog‘-kon sanoatlarida qo‘llaniladigan avtomobil, vagon torozilarini metrologik tekshiruvdan o‘tkazishda foydalaniladigan 500 kg, 1000 kg hamda 2000 kg li namunaviy toshlarni eng yuqori o‘lchash chegarasi 2100 kg, diskretligi 1 g bo‘lgan mass-komparator hamda namunaviy toshlar yordamida qiyoshlash, metrologik attestatlash ishlari amalga oshirilmoqda. Laboratoriyada 2 nafar malakali mutaxassis faoliyat olib bormoqda.