vtomobil va vagon tarozilarining metrologiya tekshiruvdan o‘tkazish bo‘yicha ko‘chma mobil laboratoriya ishga tushirildi

📍Respublikamizda eng dolzarb vazifalardan biri yirik sanoat tarmoqlari – neft-gaz, kimyo, metallurgiya, bojxona, qishloq xo‘jaligi va to‘qimachilik korxonalarida foydalanilayotgan taxminan 500–700 ta katta avtomobil va vagon tarozilarining ishonchliligini hamda ushbu tarozilarda amalga oshiriladigan o‘lchash natijalarining to‘g‘riligini ta’minlash hisoblanadi. 🔄Ushbu vazifani samarali bajarish maqsadida O‘zbekiston milliy metrologiya institutining mutaxassislari tomonidan amaliy-konstruktorlik loyiha doirasida FAW JK6 CA1250 […]
Kalibrlash laboratoriyasi akkreditatsiya sohasi kengaytirildi

🔄 O‘z DSt ISO/IEC 17025:2019 standarti talablariga muvofiq akkreditatsiya qilingan Radiotexnik kattaliklarni, ionlashtiruvchi nurlanishlarni o‘lchash, putur yetkazmasdan tekshirish bo‘yicha kalibrlash laboratoriyasining (OʻZAK.KL.0003) akkreditatsiya sohasi kengaytirildi. ✅ Yangi joriy etiladigan kalibrlash xizmatlari ISO 16063-11 standarti talablari asosida amalga oshiriladi. Unga ko‘ra tebranish datchiklari, akselerometrlar uchun birlamchi kalibrlash usuli yordamida yuqori aniqlikdagi xizmatlar ko‘rsatiladi.