O‘zbekistonda Sath etaloni laboratoriyasi ochildi

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi O‘zbekiston milliy metrologiya instituti metrologiya sohasida yana bir muhim qadam tashladi. Toshkent shahridagi Institutning Etalon park binosida Rossiya Federatsiyasi delegatsiyasi — Rosstandart hamda ElMetro-Injiniring kompaniyasi vakillari ishtirokida ikki tomonlama hamkorlikning yangi bosqichiga bag‘ishlangan tadbir va sath o‘lchash vositalarini tekshirish uchun mo‘ljallangan Sath etaloni laboratoriyasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. […]
O‘zbekistonda zamonaviy gaz sarfi o‘lchash laboratoriyasi tashkil etiladi

Xitoy Xalq Respublikasining “TAPLine” kompaniyasi rahbari hamda O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (https://nim.uz/) va “Asia Trans Gas” (https://asiatransgas.uz/uz) rahbarlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. ✅ Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasining milliy etalonlar bazasini rivojlantirish maqsadida DN 400 mm gacha bo‘lgan zamonaviy gaz sarfi o‘lchash vositalarini metrologik tekshiruv laboratoriyasini tashkil etish loyihasi taqdimoti hamda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar […]