O‘lchashlar – barcha zamonlar, barcha xalqlar uchun

🌀 Xabaringiz borki, “20-may – Butunjahon metrologiya kuni” etib belgilangan va bayram sifatida nishonlanadi. 🌀 Xalqaro o‘lchov va tarozilar byurosi (BIPM) (https://www.bipm.org/en/) va Xalqaro qonunlashtiruvchi metrologiya tashkiloti (OIML) (https://www.oiml.org/en) 2025 yilgi Butunjahon metrologiya kuni rasmiy shiorini taqdim etdi. ✅Bu yilgi shior – “O‘lchashlar – barcha zamonlar, barcha xalqlar uchun” deb nomlanib, ishlab chiqarish va kundalik […]

Hamkorlik shartnomasi imzolandi

✅ O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi o‘rtasida investitsion loyiha doirasida O‘zbekiston milliy metrologiya instituti va “NOMAC” o‘rtasidagi hamkorlik shartnomasi imzolandi. ✅ Bu kelishuv asosida Qoraqalpog‘istonda zamonaviy laboratoriyalar majmuasi tashkil etiladi. Laboratoriyalar xalqaro tavsiyalar asosida jihozlanadi va aholi hamda sanoat korxonalariga yuqori sifatli metrologiya xizmatlari ko‘rsatish imkonini beradi. ✅ […]

NAVRO‘Z – YANGILANISH VA BIRLIK BAYRAMI

🌸 Navro‘z – bu yasharish, yangilanish, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi. Tabiat uyg‘onib, bahor fasli o‘zining beg‘ubor go‘zalligini namoyon etar ekan, xalqimiz Navro‘zni intiqlik bilan kutadi. U ezgulik, birdamlik va saxovat ramzi sifatida yuraklarga iliqlik, qalblarga quvonch olib keladi. ⚡️ Joriy yilning 19-mart kuni “O’zMMI” DM Qo‘qon filiali va «UzTest» DM filiallari xodimlari Qo‘qon shahar Yoshlar […]

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida

🌿 O‘zbekiston milliy metrologiya instituti Qo‘qon filiali xodimlari “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt ekish aksiyasida faol ishtirok etdi. 🌱 Tashabbus doirasida atrof-muhitni obodonlashtirish, ekologik muvozanatni saqlash va yashil hududlarni kengaytirish maqsadida turli manzarali hamda mevali daraxt ko‘chatlari ekildi.

O‘zbekiston milliy metrologiya instituti hamda «ANGLESEY FOOD» MCHJ o‘rtasidagi hamkorlik

🛒 Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hamda o‘lchashlar birliligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston milliy metrologiya instituti hamda «ANGLESEY FOOD» MCHJ o‘rtasidagi hamkorlik shartnomaga asosan institut mutaxassislari tomonidan respublikamizdagi 162 ta Korzinka savdo markazlarida mavjud 2000 dan ortiq elektron tarozilari OIML R76-1-2011 xalqaro xujjatiga muvofiq metrologik tekshiruvidan o‘tkazilmoqda.