
O‘zbekiston milliy metrologiya instituti 2017-yildan buyon Malaka tekshirish provayderi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
2022-yil avgust oyida O‘zbekiston milliy metrologiya institutining Malaka tekshirish provayderi O‘z DSt ISO/IEC 17043:2015 standarti talablariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining milliy akkreditatsiya tizimidagi faoliyatini tasdiqladi.
Akkreditatsiyadan oʻtgan subyektning Guvohnoma va akkreditatsiya doirasi haqidagi ma’lumotlar O‘zbekiston akkreditatsiya markazining saytining MB va MX akkreditatsiya qilingan ob’ektlarning davlat reestrida 08.01.2022 yildagi O’ZAK.MP.0001-son bo’yicha ro‘yxatdan o‘tgan.
Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti, Malaka tekshirish provayderi boʻlib, malaka tekshirish dasturlarini tashkil qilib, laboratoriyalararo solishtirishlarni (LAS), jumladan qiyoslash va kalibrlash laboratoriyalari uchun malakani tekshirish dasturlarini oʻtkazadi.
“OʻzMMI” Malaka tekshirish provayderi tomonidan Oʻz DSt ISO/IEC 17043:2015 “Muvofiqlikni baholash. malakani tekshirishni oʻtkazishga asosiy talablar” davlat standarti talablariga muvofiq sifat menejmenti tizimini ishlab chiqib, joriy qildi.
LAS qatnashchilari uchun zarur bo’lgan barcha ma’lumotlar (ishtirok etish qoidalari, ariza topshirish) LAS ishtirok etish tartibi bo’limida ko’rsatilgan
Amalga oshirilayotgan malaka tekshirish dasturlari haqida ma’lumot Malaka tekshirish dasturlari bo’limida keltirilgan.