Aniq vaqt

Ishonch telefoni : +998 (78)150 26 03

Laboratoralarara taqsishlar orqali malaka sinovlarida ishtirok etisн tartibi

Laboratoriyalararo solishtirish (keyingi o‘rinlarda – LAS)da ishtirok etish ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi.

Malaka tekshirish dasturida milliy akkreditatsiya tizimidan akkreditlangan va akkreditlanmagan har qanday qiyoslash yoki kalibirlash laboratoriyalari ishtirok etishlari mumkin. Sizni LAS dasturlarida ishtirok etishga taklif etamiz.

LASda ishtirok etish uchun laboratoriya quyidagi shartlarni bajarishi zarur:

1. LASning ishtirok etmoqchi bo’lgan davra turini tanlash. LASning oʻtkazish muddatlari belgilangan va aniqlanuvchi koʻrsatkichlari berilgan rejaviy davralari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar LAS rejasi boʻlimida joylashtirilgan.

Agar Siz istagan koʻrsatkichlar yoki namuna LASni oʻtkazish rejasida mavjud boʻlmagan holda, Sizdan LAS provayderi raxbari nomiga qaysi koʻrsatkich yoki namuna asosida ishtirok etmoqchi boʻlgan maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan ishtirokchi soʻrovnomasi koʻrinishidagi murojaatingiz kifoya qiladi. Mazkur davrada qatnashish istagida boʻlgan ishtirokchilar soni yetarli boʻlsa LAS provayderi tomonidan tashkil etilishi mumkin.

2. Arizani quyidagi manzilga yoʻnalitirish:

“OʻzMMI”  qabulxonasining elektron pochtasi, info@nim.uz

“OʻzMMI” LAS Provayderi laboratoriyalararo solishitirish davrasida qatnashish uchun kelib tushgan ariza asosida  ishtirok etish Shartnomasi va Maxfiylik shartnomasini tuzib sizga yoʻnaltiradi.

3. Shartnoma tuzilgandan va rasmiylashtirilgandan soʻng LAS provayderi ishtirokchiga Ishtirokchi qoʻllanmasi va nazorat namunasini yuboradi. Ishtirokchiga malaka tekshirish dasturi toʻgʻrisidagi zarur maʼlumotlar malaka tekshirish davrasi rejasi tuzilib tasdiqlangandan soʻng yoʻnaltiriladi.

4. Ishtirokchi qoʻllanmaga muvofiq qatʼiy tartibda oʻlchashlarni oʻtkazadi va qiyoslash yoki kalibrlash natijalarini LAS provayderiga taqdim etadi. Solishtirishlar malaka tekshirish dasturining 1-modeli “Ketma-ketlik”ga asosan olib boriladi.

5. LAS provayderi ishtirokchilardan kelib tushgan bayonnomalarni qayta ishlaydi.

LAS natijalari.

6. Malaka tekshirish dasturi, yakuniy taxlil ishlari va ishtirokchilar natijalarini baholash ishlari amalga oshirilgandan soʻng provayder tomonidan “Malaka tekshirish dasturi ishtirokchisi guvohnomasi” (keyingi oʻrinda – Guvohnoma) rasmiylashtiriladi va oʻz navbatida “Malaka tekshirish dasturi hisoboti” (keyingi oʻrinda – Hisobot) tayyorlanadi. Hisobotda ishtirokchilar maxsus kod (shifr) bilan belgilanadi.

Hisobot nusxalari elektron tarzda xar bir ishtirokchiga yuboriladi.

Maxfiylik.

7. LAS ishlarini oʻtkazish shartlaridan biri solishtirishni olib borish jarayonida ishtirokchilardan olingan maʼlumotlar bilan maxfiylik tamoyillari asosida ishlash va amal qilish.

LAS ishlarida ishtirok etgan laboratoriyaning oʻlchash natijalari va ushbu natijalarning sifatini baholash toʻgʻrisidagi maʼlumotlar maxfiy hisoblanadi va buyuurtmachining roziligisiz oshkor etilmaydi yoki boshqa tashkilot laboratoriyalari va shaxslarga berilmaydi.

Shikoyat va Apelsiyalarni koʻrib chiqish qoidalari:

8. Agar metrolokik xizmatlar ish faoliyati natijalarini baholash bilan kelishmovchilik yuzaga kelsa ishtirokchi provayderga baholashga aniqlik kiritish uchun va zarur boʻlgan vaziyatda yakuniy natijani qayta koʻrib chiqish uchun murojaat qilishlari mumkin.

Malaka tekshirish dasturi doirasida ishtirokchilar ish faoliyatining baholanishida yetarli asosga ega boʻlsa norozilik bildirishi mumkin. Apelyatsiyani ishtirokchi tomonidan rasmiy xat bilan “OʻzMMI”  raxbari nomiga taqdim etiladi. Xatda provayder tomonidan yoʻl qoʻyilgan nomuvofiqlik, ishtirokchini baholashga koʻrsatilgan taʼsir, buyurtmachi ishtirok etgan LAS turining davra raqami koʻrsatiladi va zarur boʻlsa tasdiqlovchi xujjatlar ilova qilinadi.

“OʻzMMI” barcha kelib tushgan daʼvolarni xar birini qisqa muddatlarda xolisona koʻrib chiqishni kafotlatlaydi.

Aloqa uchun mutaxassis Gulchehra Ayupova               

Telefon   +99871 202 00 11 (1232)               

2024 yil uchun laboratoriyalararo solishtirishni o‘tkazish rejasi