Ta’lim rivojiga hissa qo‘shgan fidoyilar, ustoz va murabbiylar mehnati e’tirof etildi

1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan oliy va kasbiy ta’lim tizimini rivojlantirish, malakali kadrlar tayyorlash, ilm-fan taraqqiyoti hamda yosh avlod tarbiyasiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh vazirlik va tizim tashkilotlari xodimlari, oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlari rahbarlari hamda professor-o‘qituvchilari “Oliy ta’lim a’lochisi” va “Kasbiy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishonlari bilan tantanali ravishda taqdirlandi. […]

“Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasida

Bugun Jizzax shahrida “Milliy sanoat zanjiri” avtomobilsozlik sanoati ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi. “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasida Texnik jihatdan tartibga solish agentligi, O‘zbekiston milliy metrologiya instituti va Jizzax hududiy filiali o’z mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda. Ko‘rgazma mahalliy ishlab chiqaruvchilar, yirik sanoat korxonalari va buyurtmachilarni bir maydonda jamlab, yangi kooperatsiya aloqalarini yo‘lga qo‘yish va istiqbolli hamkorliklarni shakllantirish […]

O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida quyosh panellarini sinovdan o‘tkazish laboratoriyasi tashkil etiladi

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Lazizbek Saidoripov Koreya muvofiqlikni baholash laboratoriyasi (KCL) prezidenti Cheon Young Ghil bilan uchrashdi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar yuqori sur’atlar bilan kengayib bormoqda. Xususan, 2017–2025-yillar mobaynida O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 1,4 milliard dollardan 1,7 milliard dollarga yetkazildi. 2025-yil yakunlariga ko‘ra esa Koreya Respublikasi […]

BIPM–COOMET UTC SUMMER SCHOOL o‘z ishini boshladi

2026-yil 28-sentabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (O‘zMMI) mezbonligida BIPM–COOMET UTC Summer School xalqaro yozgi maktabi o‘z ishini boshladi. Mazkur xalqaro tadbir Bureau International des Poids et Mesures (BIPM), COOMET TC 4 “Information and Training”, O‘zbekiston milliy metrologiya instituti hamkorligida tashkil etilmoqda. O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilayotgan ushbu xalqaro yozgi maktabda 25 ta xorijiy […]

COOMET tashkilotining “Massa va unga bog‘liq kattaliklar” texnik qo‘mitasi 30-yig‘ilishida O‘zbekiston vakillari ishtirok etdi

Qozog‘iston Respublikasining Olmaota shahrida Yevroosiyo hamkorligi doirasidagi metrologiya muassasalari — COOMET tashkilotining “Massa va unga bog‘liq kattaliklar” texnik qo‘mitasi (TQ 1.6)ning 30-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda COOMETga a’zo davlatlarning milliy metrologiya institutlari vakillari ishtirok etib, texnik qo‘mita faoliyatining joriy holati, amalga oshirilayotgan xalqaro solishtirishlar, shuningdek, kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi. Tadbirda O‘zbekiston Milliy metrologiya instituti (O‘zMMI) […]

Akustika yo‘nalishida DCC loyihasi doirasida raqamli kalibrlash sertifikatlarini amaliyotda qo‘llash masalasi muhokama qilindi

“O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” DM (O‘zMMI) xodimlari tomonidan akustika yo‘nalishida DCC — raqamli kalibrlash sertifikatini joriy etish bo‘yicha olib borilayotgan loyiha doirasida O’zbekiston standartlar instituti akustika sinov laboratoriyasi xodimlari bilan raqamli kalibrlash sertifikatlarini amaliyotda qo‘llash imkoniyatlari muhokama qilindi. Ushbu ishchi uchrashuv davomida sinov laboratoriyasi xodimlariga raqamli kalibrlash sertifikatlari, ularning strukturasi hamda foydalanishi bo‘yicha tushunchalar berildi. […]

YONG‘IN VA FAVQULODDA VAZIYATLARDA XODIMLARNI EVAKUATSIYA QILISH BO‘YICHA AMALIY TRENING O‘TKAZILDI

2026-yil 24-sentabr kuni O‘zbekiston milliy metrologiya instituti davlat muassasasining bosh ma’muriy binosida yong‘in va favqulodda vaziyatlarda xodimlarni xavfsiz evakuatsiya qilish bo‘yicha amaliy trening o‘tkazildi. ✅ Treningning asosiy maqsadi — favqulodda vaziyat yuzaga kelganda xodimlarning tezkor, to‘g‘ri va tartibli harakat qilish ko‘nikmalarini mustahkamlash, evakuatsiya yo‘llaridan to‘g‘ri foydalanish hamda xodimlarni xavfsiz yig‘ilish joyiga olib chiqish tartibini amalda […]

Yoshlar uchun intellektual mulk bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi

Yoshlarning ilmiy va ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning innovatsion faoliyatini rivojlantirish hamda intellektual mulk sohasidagi huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida Texnik jihatdan tartibga solish agentligida seminar-trening tashkil etildi. 24-sentabr — “Yoshlar kuni” doirasida o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi mutaxassislari ishtirok etdi. Seminarda ixtiro va foydali modellarni huquqiy muhofaza qilish, patent-axborot […]

O‘zbekiston milliy metrologiya instituti provayderi qiyoslash laboratoriyalarini malakani tekshirish sxemalarida ishtirok etishga taklif etadi!

Laboratoriyangiz faoliyatini xolisona baholash, o‘lchash natijalarining ishonchliligini tasdiqlash hamda malakangizni xalqaro talablarga muvofiq oshirishni istaysizmi? U holda laboratoriyalararo solishtirishlar orqali tashkil etiladigan malakani tekshirish dasturlarida ishtirok eting! Malakani tekshirish quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tashkil etiladi: PT-8-2021 (V) — «Shtangensirkul» PT-9-2021 (V) — «Silliq mikrometrlar» 🔹 Ishtirok etish orqali laboratoriyaning o‘lchash natijalarini baholash; 🔹 Mutaxassislarning kasbiy malakasini […]

O‘zMMI va OKMK: Metrologiya sohasida istiqbolli hamkorlik va yangi bosqich

O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (O‘zMMI) vakillari Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining (OKMK) “Yoshlik I” konini o‘zlashtirish” loyihasi doirasidagi MBF-3 va MBF-4 mis boyitish fabrikalari qurilishi bo‘yicha Loyiha ofisi direktori Farruh Tashmetov, shuningdek, OKMK hamda “ENTER ENGINEERING PTE. LTD.” mutaxassislari bilan amaliy uchrashuv o‘tkazdilar. ✅ Uchrashuvda MBF-3 va MBF-4 obyektlarini davlat qabul komissiyasiga topshirish jarayonida foydalanilayotgan o‘lchash vositalarining […]