O‘zbekiston milliy metrologiya institutida o‘quv-seminar tashkil etildi

O‘zbekiston milliy metrologiya institutida xodimlar kompetentlik darajasini oshirish hamda “Oltin kadrlar” zaxirasiga kiritilgan mutaxassislarning malakasini yuksaltirish maqsadida o‘quv-seminar tashkil etildi. Mazkur seminar doirasida ishtirokchilar uchun malaka oshirish (stajirovka) jarayonlarini samarali tashkil etish, zamonaviy metrologiya talablari asosida ish faoliyatini yo‘lga qo‘yish, sifat menejmenti tizimini takomillashtirish hamda ilg‘or tajribalarni amaliyotga joriy etish masalalari bo‘yicha atroflicha maʼlumotlar berildi. […]