O‘zbekiston milliy metrologiya institutida xodimlar kompetentlik darajasini oshirish hamda “Oltin kadrlar” zaxirasiga kiritilgan mutaxassislarning malakasini yuksaltirish maqsadida o‘quv-seminar tashkil etildi.
Mazkur seminar doirasida ishtirokchilar uchun malaka oshirish (stajirovka) jarayonlarini samarali tashkil etish, zamonaviy metrologiya talablari asosida ish faoliyatini yo‘lga qo‘yish, sifat menejmenti tizimini takomillashtirish hamda ilg‘or tajribalarni amaliyotga joriy etish masalalari bo‘yicha atroflicha maʼlumotlar berildi.
![]() |
||
![]() |
![]() |
![]() |
Shuningdek, seminar ishtirokchilari o‘zaro tajriba almashish, amaliy keyslar muhokamasi va dolzarb muammolar yuzasidan fikr almashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Bu esa kelgusida sohada yuqori malakali, tashabbuskor va masʼuliyatli kadrlar zaxirasini shakllantirishga xizmat qiladi.
Bunday tadbirlar institut tizimida kadrlar salohiyatini mustahkamlash, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish hamda milliy metrologiya sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan muhim qadamlardan biri hisoblanadi.



