Kecha Evro-Osiyo mintaqasi davlat metrologiya muassasalari hamkorligi (KOOMET) tomonidan Xalqaro tarozi va oʻlchovlar byurosi (BIPM) ishtirokida onlayn shaklda seminar tashkil etildi.
Seminar innovatsion g‘oyalarni amalga oshirishga qiziqishda bo‘lgan izlanuvchan yosh, tadqiqotchi metrologlar faoliyatiga qaratildi.
Ushbu tashabbusning bir qismi sifatida kelgusi o‘n yillikda metrologiyani rivojlantirishga hissa qo‘shishi mumkin bo‘lgan innovatsion yondashuvlarni aniqlash uchun so‘rov o‘tkazilmoqda.
Ushbu ishlar natijalari bilan “CIPM 2030+ strategiyasi” to‘ldirib, kelgusi o‘n yillikda metrologiya sohasini rivojlantirish va takomillashtirishga, istiqboliga hissa qo‘shadi.
Ingliz tilida olib borilgan mazkur xalqaro seminarda O‘zbekiston milliy metrologiya institutining bir qator mutaxassislari ishtirok etishdi.
![]() |
![]() |
![]() |
Institut metrologi Islomjon Abdumajidov – Fung (MSL, New Zealand) bilan suhbat jarayonida “APMP-BIPM Young Metrologists Vision 2050+ Online Workshop” doirasida xalqaro solishtirishlar o‘tkazish tug‘risida ham shunaqa formatda uchrashuvlar tashkil qilish taklifini berildi. Shuningdek, Afzalxon Anvarov – Dr. Oijai Ongrai (NIMT, Thailand) bilan suyuqliklarning zichlik (kg/m3) birlamchi namunaviy kompleks qurulmasini O‘zbekiston milliy metrologiya institutida tashkil qilish taklifini ilgari surdi. Azamat Taubaldiyev – Alphonsus KIPKEMBOI, (KEBS, Kenya) bilan suvda yutilgan doza birligini joriy qilish bo’icha suhbat olib bordi.




