Yangi Zelandiyaning Vellington şahrida Osiyo-Tinç okeani metrologiya dasturi (APMP)ning 42-Boş assambleyasi bölib ötdi. Unda Özbekiston milliy metrologiya instituti (ÖzMMI) vakillari ham iştirok etdilar.
Ta’kidlaş joizki, Boş assambleya hujjatlari töplamidan ÖzMMI faoliyati töğrisidagi hisobot ham örin oldi. Şuningdek, yiğiliş davomida Yevro-Osiyo davlat metrologiya muassasalari taşkiloti (KOOMET) faoliyati yuzasidan hisobot taqdim etildi.
Assambleya doirasida mintaqaviy metrologiya taşkilotlari örtasidagi gorizontal hamkorlikni yanada rivojlantiriş, tajriba almaşinuvini kuçaytiriş hamda mintaqalararo ilmiy-texnik aloqalarni kengaytiriş istiqbollari muhokama qilindi.
Mazkur xalqaro tadbir Özbekiston metrologiya tizimining xalqaro hamkorlikdagi iştirokini mustahkamlaş, mamlakatimizning metrologiya sohasidagi yutuqlarini xalqaro miqyosda namoyon etiş hamda özaro manfaatli hamkorlikni rivojlantiriş uçun muhim platforma bölib xizmat qiladi.