“Özbekiston milliy metrologiya instituti” davlat muassasasi Qoraqalpoğiston Respublikasi filialida direktor örinbosari M.Azimov, Xodimlar bölimi boşliği N.Yakubova hamda Nukus davlat texnika universiteti Konçilik va energetika fakulteti dekani, texnika fanlari doktori, professor A.Abubakirovlar iştirokida gender strategiyasi doirasida gender tenglik ilm-fan, sport munosabatlarida xotin-qizlar va erkaklarning huquqlari böyiça davra suhbati ötkazildi.
Davra suhbatining asosiy maqsadi jamiyat va mehnat munosabatlarida gender tengligini ta’minlaş, xotin-qizlar hamda erkaklarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, ular uçun teng imkoniyatlar yaratiş, şuningdek, ilmiy-ta’lim, sport va kasbiy faoliyat sohalarida gender tenglik tamoyillarini keng tarğib etişdan iborat böldi. Şu bilan birga, davra suhbati davomida xodimlar tomonidan ilmiy faoliyatni rivojlantiriş, ilmiy tadqiqot işlarini olib boriş, ilmiy daraja va ilmiy unvonlarga erişiş, oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimida tahsil oliş hamda mazkur jarayonda xodimlar uçun mavjud imkoniyatlar va şart-şaroitlar bilan boğliq qator masalalar ham kötarildi.
Xususan, tayanç doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc) yönalişlarida tahsil oliş, ilmiy izlanuvçilarning tadqiqot işlarini iş faoliyati bilan samarali uyğunlaştiriş, ilmiy rahbarlar bilan hamkorlikni yölga qöyiş, ilmiy maqolalarni xalqaro va mahalliy ilmiy naşrlarda çop etiş, şuningdek, ilmiy salohiyatni oşiriş uçun yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan fikr almaşildi.
Şu bilan birga Özbekiston Respublikasining 2026-yil 13-noyabrdagi “Xalqaro mehnat standartlari milliy qonunçilikka implementatsiya qilinişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga özgartiriş va qöşimça kiritiş töğrisida”gi Qonuni bilan kiritilgan özgartiriş va qöşimça bilan taniştirib ötildi hamda sohaga tegişli masalalar muhokama qilindi.
Mazkur qonunçilik yangiliklarining mehnat munosabatlarini tartibga solişdagi ahamiyati, xalqaro mehnat standartlarini milliy qonunçilikka uyğunlaştiriş, xodimlarning mehnat huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, mehnat sohasida tenglik va adolat tamoyillarini mustahkamlaş bilan boğliq jihatlari yuzasidan tuşuntirişlar berildi.
Ayniqsa, mehnat munosabatlarida ijtimoiy şeriklikni rivojlantiriş, iş beruvçi va xodimlar örtasida özaro hurmat hamda mas’uliyatni kuçaytiriş, mehnat jamoasida soğlom ma’naviy-axloqiy muhitni şakllantiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.