Aniq vaqt

Özbekiston milliy metrologiya instituti APMP doirasida xalqaro ilmiy-texnik hamkorlikni kengaytirmoqda

Özbekiston milliy metrologiya instituti (ÖzMMI) mutaxassislari Osiyo-Tinç okeani metrologiya dasturi (APMP)ning 42-Boş assambleyasi hamda uning doirasida taşkil etilgan xalqaro tadbirlarda faol iştirok etdi.

Jumladan, Yangi Zelandiyaning Vellington şahrida bölib ötgan tadbirlar doirasida ÖzMMI vakillari massa va unga boğliq kattaliklar böyiça texnik qömita (TCM) hamda termometriya böyiça texnik qömita (TCT) yiğilişlarida iştirok etdilar.

Işçi uçraşuvlar davomida ÖzMMIning APMP doirasidagi xalqaro faoliyatini yanada rivojlantiriş, milliy etalonlarning xalqaro darajadagi e’tirofini mustahkamlaş hamda ilmiy-texnik hamkorlikni kengaytiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Xususan, mutlaq va ortiqça bosimni ölçaş sohalaridagi milliy etalonlarni xalqaro soliştirişlarda iştirok etiş, şuningdek, 1990-yilgi Xalqaro harorat şkalasi (ITS-90)ni amaliyotga tatbiq etiş bilan boğliq masalalar muhokama qilindi.

Mazkur xalqaro uçraşuvlar Özbekiston metrologiya tizimining xalqaro metrologiya hamjamiyatidagi iştirokini faollaştiriş, milliy etalonlarning ölçaş imkoniyatlarini xalqaro talablar asosida rivojlantiriş hamda ilğor tajriba almaşiş uçun muhim ahamiyat kasb etadi.