Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 18-iyundagi 315-son qarori ijrosini ta’minlaş doirasida “Özbekiston milliy metrologiya instituti” DM Çirçiq filiali mutaxassislari tomonidan yoqilği quyiş va gaz töldiriş şaxobçalarida navbatdagi metrologik körik işlari amalga oşirildi.
Jumladan, “UNIVERSAL SERVIS OIL” hamda “METAN GAZ ISTIQBOL” MÇJlariga qaraşli şaxobçalarda örnatilgan yoqilği tarqatiş va gaz töldiriş kolonkalari körikdan ötkazildi.
Körik jarayonida ölçaş vositalarining texnik holati, metrologik talablarga muvofiqligi, şuningdek, yoqilği va gaz miqdorini aniq ölçaş imkoniyatlari örganildi.
Mazkur işlar, avvalo, yoqilği va gaz savdosida ölçaş aniqligini ta’minlaş, iste’molçilar huquq va manfaatlarini himoya qiliş, savdo jarayonlarida şaffoflikni oşiriş hamda tadbirkorlik subektlarida metrologik talablarga rioya etilişiga kömaklaşişga qaratilgan.
“Özbekiston milliy metrologiya instituti” DM Çirçiq filiali tomonidan uşbu yönalişdagi işlar amaldagi qonunçilik talablari asosida izçil davom ettirilmoqda.
Aniq ölçaş — işonçli xizmat va iste’molçi manfaatlari kafolati!