Aniq vaqt

Fransiyada Tarozi va o‘lchovlar Bosh konferensiyasining (CGPM) navbatdagi 28-yig‘ilishi oldidan ochiq muhokama bo‘lib o‘tdi

2026-yil 12-oktabr kuni Fransiya Respublikasining Sevr shahrida joylashgan Xalqaro tarozi va o‘lchovlar byurosi (BIPM) bosh qarorgohida CGPMning navbatdagi 28-yig‘ilishi oldidan ochiq muhokama tashkil etildi.

Mazkur muhokamada Metr konvensiyasiga a’zo davlatlar hamda Xalqaro tarozi va o‘lchovlar qo‘mitasi (CIPM) vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida CGPMning navbatdagi 28-yig‘ilishi bilan bog‘liq tashkiliy va protsessual masalalar, CIPM hamda uning Saylov qo‘mitasi (CEC/EC) a’zolarini saylash tartibi, shuningdek, yig‘ilish kun tartibiga kiritilgan rezolyutsiya loyihalari muhokama qilindi.

Shuningdek, BIPMning 2028–2031-yillarga mo‘ljallangan ish dasturi va tashkilot faoliyatini moliyalashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.
E’tiborlisi, O‘zbekiston Respublikasi ilk bor CGPMning navbatdagi 28-yig‘ilishida Metr konvensiyasining to‘laqonli a’zosi sifatida ishtirok etadi. Bu mamlakatimizning xalqaro metrologiya hamjamiyatidagi o‘rnini mustahkamlash hamda metrologiya sohasidagi xalqaro qarorlarni qabul qilish jarayonlarida bevosita ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytiradi.

CGPMning navbatdagi 28-yig‘ilishi 2026-yil 13–15-oktabr kunlari Fransiya Respublikasining Versal shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston milliy metrologiya instituti mazkur xalqaro tadbirning muhim yangiliklari va natijalari haqida ma’lumot berib boradi.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil