Tarozi va o‘lchovlar Bosh konferensiyasining (CGPM) 28-yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston vakillari BIPM laboratoriyalari faoliyati bilan tanishdilar

Tarozi va o‘lchovlar Bosh konferensiyasining (CGPM) 28-yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston vakillari Xalqaro tarozi va o‘lchovlar byurosi (BIPM) laboratoriyalariga tashrif buyurib, ularning faoliyati, zamonaviy o‘lchash texnologiyalari hamda xalqaro metrologik kuzatiluvchanlikni ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar. Tashrif davomida O‘zbekiston delegatsiyasi va BIPM vakillari o‘rtasida O‘zbekiston milliy metrologiya instituti birlamchi etalonlarini BIPM laboratoriyalarida kalibrlash masalalari yuzasidan […]

Fransiyada Tarozi va o‘lchovlar Bosh konferensiyasining (CGPM) navbatdagi 28-yig‘ilishi oldidan ochiq muhokama bo‘lib o‘tdi

2026-yil 12-oktabr kuni Fransiya Respublikasining Sevr shahrida joylashgan Xalqaro tarozi va o‘lchovlar byurosi (BIPM) bosh qarorgohida CGPMning navbatdagi 28-yig‘ilishi oldidan ochiq muhokama tashkil etildi. Mazkur muhokamada Metr konvensiyasiga a’zo davlatlar hamda Xalqaro tarozi va o‘lchovlar qo‘mitasi (CIPM) vakillari ishtirok etdi. Tadbir davomida CGPMning navbatdagi 28-yig‘ilishi bilan bog‘liq tashkiliy va protsessual masalalar, CIPM hamda uning Saylov […]