Aniq vaqt

Yozgi maktab doirasida laboratoriya mashg‘ulotlari o‘tkazildi

BIPM–COOMET UTC Summer School doirasida O‘zbekiston Milliy metrologiya instituti (UzNIM)da yozgi maktab ishtirokchilari uchun laboratoriya mashg‘ulotlari tashkil etildi. Yozgi maktabda ishtirok etgan mutaxassislar O‘zbekiston Milliy metrologiya institutining tegishli laboratoriyalarida amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etib, zamonaviy o‘lchash vositalari, laboratoriya jihozlari hamda metrologik jarayonlar bilan yaqindan tanishdilar.

Jumladan, ishtirokchilar GNSS qabul qilgichlarini kalibrlash, o‘lchash jarayonlarini amaliy o‘rganish, shuningdek, vaqt va chastota o‘lchovlarida metrologik izchillikni ta’minlash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamladilar. Laboratoriya mashg‘ulotlari ishtirokchilarga yozgi maktab doirasida olgan nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, xalqaro tajriba almashish hamda zamonaviy metrologiya yo‘nalishida amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish imkonini berdi.

Mazkur amaliy mashg‘ulotlar xalqaro metrologiya hamjamiyati vakillari o‘rtasida tajriba almashinuvini kuchaytirish, ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish hamda sohada zamonaviy yondashuvlarni ommalashtirishga xizmat qildi.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil