2026-yil 24-sentabr kuni O‘zbekiston milliy metrologiya instituti davlat muassasasining bosh ma’muriy binosida yong‘in va favqulodda vaziyatlarda xodimlarni xavfsiz evakuatsiya qilish bo‘yicha amaliy trening o‘tkazildi.
![]() |
![]() |
![]() |
✅ Treningning asosiy maqsadi — favqulodda vaziyat yuzaga kelganda xodimlarning tezkor, to‘g‘ri va tartibli harakat qilish ko‘nikmalarini mustahkamlash, evakuatsiya yo‘llaridan to‘g‘ri foydalanish hamda xodimlarni xavfsiz yig‘ilish joyiga olib chiqish tartibini amalda sinovdan o‘tkazishdan iborat bo‘ldi. Amaliy mashg‘ulot davomida shartli ravishda yong‘in va favqulodda vaziyat holati yaratilib, xodimlarni belgilangan evakuatsiya yo‘nalishlari orqali binodan xavfsiz va tartibli olib chiqish jarayoni amalga oshirildi.
Trening davomida xodimlarning:
😎 yong‘in yoki favqulodda vaziyat signaliga tezkor munosabati;
😎 asosiy va zaxira evakuatsiya chiqish yo‘llaridan foydalanishi;
😎 zinapoya va yo‘laklarda tartibni saqlashi;
😎 mas’ul xodimlarning ko‘rsatmalariga rioya qilishi;
😎 zarurat bo‘lganda elektr jihozlarini xavfsiz o‘chirishi;
😎 belgilangan yig‘ilish joyiga yetib borishi;
😎 bo‘limlar kesimida xodimlarning to‘liq evakuatsiya qilinganligini aniqlash tartibi
amaliy jihatdan sinovdan o‘tkazildi.
🧯 Shuningdek, xodimlarga yong‘in aniqlanganda zudlik bilan xabar berish, mas’ul shaxslarni ogohlantirish va zarur hollarda 101 raqamiga qo‘ng‘iroq qilish, hodisa joyi va vaziyat haqida aniq ma’lumot berish tartibi tushuntirildi.
⚠️ Trening davomida yong‘in vaqtida hayot xavfsizligini birinchi o‘ringa qo‘yish, liftdan foydalanmaslik, evakuatsiya yo‘llarini to‘sib qo‘ymaslik, tutun bosgan hududlarda ehtiyotkorlik bilan harakatlanish hamda belgilangan xavfsiz yig‘ilish joyini o‘zboshimchalik bilan tark etmaslik bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.
✅ Amaliy trening yakunida xodimlarning favqulodda vaziyatlarda tezkor harakat qilish, xavfsiz evakuatsiya yo‘nalishlaridan foydalanish, binoni tartibli tark etish va belgilangan yig‘ilish joyiga yetib borish bo‘yicha ko‘nikmalari mustahkamlandi.
Shuningdek, bosh ma’muriy binoning evakuatsiya yo‘llari va chiqish joylaridan amaliy foydalanish imkoniyati tekshirildi. Aniqlangan tashkiliy masalalarni bartaraf etish, evakuatsiya yo‘llarini doimiy ravishda ochiq va foydalanishga tayyor holatda saqlash hamda xodimlarning yong‘in xavfsizligi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini muntazam oshirib borish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.


