Yoshlarning ilmiy va ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning innovatsion faoliyatini rivojlantirish hamda intellektual mulk sohasidagi huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida Texnik jihatdan tartibga solish agentligida seminar-trening tashkil etildi.
![]() |
![]() |
![]() |
24-sentabr — “Yoshlar kuni” doirasida o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi mutaxassislari ishtirok etdi.
Seminarda ixtiro va foydali modellarni huquqiy muhofaza qilish, patent-axborot qidiruvini amalga oshirish, analog va eng yaqin analogni aniqlash, kompyuter dasturlari va ma’lumotlar bazalarini rasmiylashtirish, mualliflik huquqi obyektlarini deponentlash masalalari bo‘yicha ma’lumot va amaliy tavsiyalar berildi.
Shuningdek, ilmiy va innovatsion ishlanmalarni intellektual mulk obyekti sifatida himoya qilish, ularni amaliyotga joriy etish hamda ilmiy natijalarni e’lon qilishdan avval tegishli huquqiy muhofaza choralarini ko‘rish yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Tadbirda Milliy metrologiya va Standartlar instituti hamda uning hududiy filiallari xodimlari, mustaqil tadqiqotchilar, olimlar va doktorantlar ishtirok etdi. Ochiq muloqot shaklida o‘tgan seminar davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldilar.


