Aniq vaqt

Tadbirkorlar muammosi — e’tibor va amaliy yechim markazida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan 20 avgust — Tadbirkorlar kuni sifatida belgilanganligi munosabati bilan yurtimizda tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘rganish va faoliyatini yanada rivojlantirishga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Shu maqsadda O‘zbekiston milliy metrologiya instituti davlat muassasasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Namangan filiallari rahbarlari tomonidan hududlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’yektlari, xususan, eksport qiluvchi korxonalar bilan uchrashuvlar va o‘rganishlar tashkil etilmoqda.

O‘rganish davomida korxonalarning faoliyati, eksport salohiyati va metrologiya sohasiga oid masalalari o‘rganilib, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiya va amaliy ko‘rsatmalar berildi.

Bunday o‘rganishlar tadbirkorlik sub’yektlarining murojaat va muammolarini joyida hal etish, ularga zarur metrologik xizmatlarni ko‘rsatish, ishlab chiqarish jarayonlarida o‘lchashlarning aniqligi va ishonchliligini ta’minlash hamda eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Tadbirkor — iqtisodiyot tayanchi. Uning muammosini o‘rganish va yechim topish — barqaror taraqqiyot garovidir!

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil