O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda Germaniyaning Federal fizika-texnika instituti (PTB) o‘rtasida amalga oshirilayotgan “O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun milliy sifat infratuzilmasini isloh qilish va xizmatlarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasida 13-24-iyul kunlari Tailand milliy metrologiya institutida navbatdagi o‘quv trening tashkil etildi.
![]() |
![]() |
![]() |
Mazkur o‘quv treningda O‘zbekiston milliy metrologiya instituti xodimi Maxamatov Kamoliddin magnetizm yo’nalishi bo’yicha na’munaviy Teslametr va magnitometrlarni kalibrlash, shuningdek, magnit maydoni zichligi etaloni bo‘yicha o‘z malakasini oshirmoqda.
Trening O‘zbekiston milliy metrologiya instituti xodimlarining mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini yanada chuqurlashtirish, xalqaro tajriba almashinuvi va kelgusida ushbu sohalarni mamlakatimizda rivojlantirishga zamin yaratadi.
Ma’lumot o‘rnida, ushbu o‘quv trening xarajatlari Germaniya Fizika-texnika instituti tomonidan qoplanadi.


